Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idan o‘tuvchi temir yo‘l orqali harakatlanayotgan poyezdning lokomotivi yonayotgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 25-yanvar, soat 14:20 atrofida elektr-manyovr lokomotivi VL-60 2157’ning ikkinchi mashinisti kabinasida yuz bergan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘inning dastlabki sababi kabinaning isitish tizimidagi qisqa tutashuv bo‘lgan. Yong‘in lokomotiv mashina bo‘limining yuqori kuchlanishli kamerasiga o‘tmagan va o‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari bilan tezda barataraf etilgan.
Izoh (0)