Xitoyning Uxan shahrida yangi turdagi koronavirus bilan zararlangan bemorlar uchun vaqtinchalik shifoxona qurilishi boshlandi, deb yozmoqda “Sinxua”.

Foto: “Sinxua”

Ming o‘ringa mo‘ljallangan shifoxona qurilishi o‘n kun ichida yakunlanishi va 3-fevralda foydalanishga topshirilishi mumkin.

Shifoxona modullashgan konstruksiyaga ega bo‘ladi va katta bo‘lmagan tayyor bloklardan quriladi.

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

2003-yilda Pekinda kuzatilgan pnevmoniya epidemiyasi tufayli xuddi shunday “Syaotyanshan” nomli shifoxona yetti kun ichida qurib bitkazilgan. Keyinchalik ushbu binoda mingdan ortiq xitoyliklar davolangandi.

Yangi turdagi koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetgan. Kasalni yuqtirib olganlar esa 800 nafardan oshgan. Xitoyning Xubey viloyatida 13 ta shahar, jumladan virus o‘chog‘iga aylangan Uxan shahri yopilgan. Ushbu chora-tadbirlarda 30 million aholining holati nazoratga olingan. Pekinda eng yuqori darajadagi favqulodda holat e’lon qilingan.