AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida mamlakat koinot qo‘shinlari emblemasi eskizini e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mazkur qo‘shinlar tuzilgani haqida Tramp 2019-yil oxirida ma’lum qilgandi. Ularni shakllantirish uchun 40 million dollar ajratilgan.
“Harbiy yetakchilarimiz va dizaynerlarimiz bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh Koinot kuchlari — armiyamizning oltinchi bo‘linmasi yangi logotipini taqdim etishdan mamnunman”, — deya yozuv qoldirgan Tramp.
Koinot kuchlari AQShning 1947-yildan beri birinchi yangi harbiy tuzilmasi bo‘ladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad koinotda Xitoy va Rossiyaga qarshi turish ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)