• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Rentgendan atom bombasigacha. Joriy yilda kutilayotgan o‘nta ilmiy yubiley

    Kirib kelgan 2020-yil ilm-fan tarixida ro‘y bergan qator muhim kashfiyot va ixtirolarning yubiley sanalarini hamda buyuk olimlarning tavallud ayyomlarini bizga taqdim etadi. “Daryo” orqali ushbu muhim sanalarga bag‘ishlab maqolalar berishni rejalashtirganmiz. Quyida esa – “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimovdan joriy yilning eng muhim o‘nta ilmiy yubileyi haqidagi maqola.

    Mavzuga doir:

    Sun’iy hayot, Yerning o‘rnini bosadigan sayyora, odam embrionini tahrirlash. O‘n yillikning eng muhim o‘n ilmiy yutug‘i

    Frensis Bekon tavalludining 800 yilligi

    Frensis Bekon qachon tug‘ilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Bilvosita belgilarga ko‘ra u taxminan 1220-yilda tug‘ilgan deb qaraladi.

    Frensis Bekon.

    Frensis Bekon.
    Foto: Wikipedia

    Frensis Bekon davrining eng yirik tabiatshunosi va faylasufi bo‘lgan. U avvaliga Oksfordda ta’lim olgan. Keyin Parij universitetida ma’ruzalar o‘qigan. Olamni tadqiq qilish uchun izchil ilmiy eksperimentlar o‘tkazish qanchalik zarurligi, tekshirish, sinash va kuzatish orqali muhim ilmiy natijalar olinishi mumkinligini birinchilardan bo‘lib aynan Bekon ko‘rsatib bergan edi. Shuningdek, tabiat hodisalarining mohiyatini tushunishda fundamental fanlarning, xususan, matematikaning ahamiyati naqadar katta ekanini ham Bekon targ‘ib qila boshlagan. Uning o‘zi optika fani bilan professional darajada shug‘ullangan.

    Boze-Eynshteyn kondensati olinganiga chorak asr to‘ladi

    Hammamizga maktabda moddaning uch xil agregat holati – qattiq, suyuq va gaz holati bo‘lishi tushuntirilgan. Bugungi kun ilm-fani bu qatorga yana plazma va Boze-Eynshteyn kondensati holatini ham qo‘shadi. Boze-Eynshteyn kondensati haqida ilk bor dunyo olis 1924-yilda eshitgan edi. O‘shanda hind fizigi Shatyendranat Boze zamondoshi bo‘lgan Albert Eynshteynga xat yo‘llab, modda o‘ta past haroratda, mutlaq nolga yaqin darajalarda o‘zini qanday tutishi borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan. Bu haqiqat ekanini Eynshteyn o‘sha yildayoq nazariy isbotlagan bo‘lsa-da, fanda Boze-Eynshteyn kondensati amaliy jihatdan olinishiga faqat 1995-yildagina erishilgan. Ko‘rib turganingizdek, ayrim ilmiy g‘oyalarning isboti uchun 70 yilgacha ham vaqt ketishi mumkin...

    Ulug‘ munozaraga 100 yil

    1920-yilning 26-aprelida XX asr ilm-fani uchun g‘oyat muhim va katta ahamiyat kasb etgan munozara bo‘lib o‘tgan. O‘shanda astronomlar Xarlou Shepli va Geber Kyortis bir-biriga qarshi dahanaki ilmiy “jang”ga chiqqan. Tashqaridan qaragan odam uchun anchayin zerikarli va mujmal ko‘ringan o‘sha munozarada olam manzarasining zamonaviy talqini muhokamaga tashlangan edi. Shepli o‘zi tayyorlab kelgan matnga ko‘ra Somon yo‘li bu butun borliqning o‘zginasidir va koinot aslida shu Somon yo‘li galaktikasidan iborat degan fikrni himoya qildi. Kyortis esa Somon yo‘li koinotda yolg‘iz emas va teleskopda kuzatilayotgan xira spiralsimon tumanlik ham yana bir shunga o‘xshash galaktika degan fikrda sobit turdi. Munozarada g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa-da, taraflar bir-birining vajlarini inkor etib, o‘zining haqligiga ishonch bilan xayrlashgan.

    Edvin Xabbl.

    Edvin Xabbl.
    Foto: Wikipedia

    Bahsga o‘sha davr matbuoti “ulug‘ munozara” deb nom bergan edi. “Ulug‘ munozara”da aslida kim haq bo‘lganiga 1924-yilda Edvin Xabbl oydinlik kiritdi. U Kyortis haq ekanini isbotladi va haqiqatan ham u aytgan xira spiralsimon tumanlik aslida butun boshli ulkan galaktika ekanini ochib berdi. Shepli mag‘lubiyatni tan oldi.

    Mavzuga doir:

    Insoniyatning olam manzarasi haqidagi tasavvurlari

    Elektromagnetizm hodisasi kashf etilganiga 200 yil to‘ladi

    Tok bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Biroq ikki asr oldin olimlar elektr toki haqida deyarli hech narsa bilmagan, shu sababli elektr toki borasidagi tajribalarni hatto o‘z tanasida sinab ko‘rishga ham qo‘rqmagan.

    Ilk tajribalarni 1800-yilda italyan fizigi Alessandro Volta boshlab bergan edi. O‘shanda u mohiyatan zamonaviy batareykaning “ajdod”ini yasagan va ilk elektr tajribalarini olib borgan edi.

    Foto: Google Photos

    Keyingi 20 yil mobaynida esa ko‘plab olimlar elektr va magnetizm hodisalarining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash ustida tajribalar olib bordi. Ular orasida Kopengagen universiteti olimi Hans Xristian Erstedga ko‘proq omad kulib boqdi. 1820-yilda aynan Ersted birinchi bo‘lib elektr toki oqayotgan sim yaqinida turgan kompas strelkasi ham harakatga kelayotgani, ya’ni u shimolni emas, tok o‘tayotgan simni ko‘rsatayotganini payqab qoldi. Shu tariqa elektr va magnetizm hodisalari o‘zagi bitta ekani ayon bo‘lgan edi.

    Rentgen nurlarining ochilganiga 125 yil

    1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Konrad Ryontgen tomonidan kashf etilgan rentgen nurlari haqida “Daryo” avval ham maqola bergan edi.

    Konrad Ryontgen.

    Konrad Ryontgen.
    Foto: Google Photos

    Rentgen nurlari deyarli darhol tibbiyot sohasida travmatologlarning yaqin yordamchisiga aylandi. Shu bilan birga, o‘tgan 125 yil muddat ichida rentgen nurlari vositasida boshqa fan sohalarida ham yirik kashfiyotlar qilinganini tilga olmay iloj yo‘q. Astronomiyada koinotdagi obyektlarning rentgen nurlari diapazonidagi tasvirlari olinishi yoki biologiya va kimyo uchun molekulalarning rentgenografik tasvirlari vositasida tadqiq qilinish usullari ishlab chiqilishi shular jumlasidandir.

    Rozalinda Franklin tavalludiga 100 yil

    Ehtimol, tarixan eng katta adolatsizlikka yo‘liqqan olimalardan biri Rozalinda Franklin bo‘lsa kerak. Chunki DNK qo‘shspiralini kashf etilishida eng katta ish hajmini aynan shu ayol bajargan. Aytish joiz bo‘lsa, “qora ish”ni Rozalinda Franklin qilgan-u, Uotson bilan Krik oxirida uloqni ilib ketib, kashfiyotni o‘z nomiga rasmiylashtirishgan.

    Rozalinda Franklin.

    Rozalinda Franklin.
    Foto: Wikipedia

    Rozalinda Franklin 1920-yilda Londonda tug‘ilgan. 1945-yilda Oksfordni tamomlagach, Parijga yo‘l olgan va rentgenografik usul vositasida kristall strukturalarni tadqiq qilish bilan ilmiy ish boshlagan. Oradan bir necha yil o‘tib, u Londondagi Qirollik kollejiga ishga qaytgan va o‘sha yerda o‘zining rentgenokristallografiya borasidagi ishlari bilan Moris Uilkinsni tanishtirgan. Bu narsa DNK strukturasini o‘rganishdagi nechog‘lik ahamiyat kasb etishini darhol fahmlagan Uilkins bu boradagi izlanishlarni kuchaytirgan. Rozalindaning usullari haqida boxabar bo‘lgan Uotson va Krik ham bu metodikani darhol o‘zlashtirib, bizga yaxshi tanish bo‘lgan DNK qo‘shspirali arxitekturasini kashf qilgan.

    Afsuski, Rozalinda Franklin juda erta vafot etgan (1958-yilda). Uning o‘limidan uch yil o‘tib Uotson, Krik va Uilkins ushbu kashfiyot uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Hozirda ko‘pchilik olimlar Rozalinda bu paytda tirik bo‘lganida albatta Nobel olgan bo‘lardi deb taassuf qiladi.

    Statistika va demografiya fanlari asoschilaridan biri Jon Graunt tug‘ilganiga 400 yil to‘ladi

    Jon Graunt 1620-yilning 24-aprelida Londonda tug‘ilgan. U otasidan katta daromadli biznesni meros qilib olgan va shaharning eng badavlat kishilaridan bo‘lgan. 40 yoshidan boshlab shunchaki o‘z qiziqishlari yuzasidan London aholisining o‘lim ko‘rsatkichini qayd etishga kirishgan. Buning uchun maxsus kundalik tutgan va jadvallarni to‘ldirib borgan. Keyin esa aholi nima sababdan, qaysi kasalliklar tufayli, necha yoshda va qaysi oylarda ko‘proq vafot etayotganiga e’tibor qaratib, matematik tahlillar yurita boshlagan. Shu tariqa u ilk demografik statistikani hosil qilgan va ayollarning o‘rtacha umr davomiyligi erkaklarnikidan uzoqroq bo‘lishini, qishloqlarda esa hayot davomiyligi shaharlardagidan yaxshiroq ekanini aniqlagan.

    Hozir Graunt statistik ma’lumotlar tahlili sohasining pioneri hisoblanadi va demografik tadqiqotlarning eng birinchi yo‘lboshlovchisi sifatida tan olinadi.

    Florens Naytingeyl tug‘ilganiga 200 yil to‘ladi

    Florens Naytingeyl ismi-sharifini ko‘pchilik umuman bilmaydi. Hamshiralar yaxshi bilmasa, bu ayol haqida deyarli hech qayerda ma’lumot uchratmaysiz. Vaholanki, zamonaviy ko‘rinishdagi hamshiralik ishiga asos solgan va vrachlarning eng yaqin ko‘makchisi, bemorlarning eng yaqin yordamchisi bo‘lgan hamshiralarning eng katta “ustozi” shu odam bo‘ladi.

    Florens Naytingeyl.

    Florens Naytingeyl.
    Foto: Wikipedia

    Naytingeyl 1820-yilda Florensiyada tug‘ilgan. Germaniyadagi hamshiralar tayyorlash maktabida tahsil olgan va Britaniya armiyasining harakatdagi qismlarida hamshira bo‘lib ishlagan. Xususan, 1854-yilda Qrim urushi paytida harbiy gospitalda hamshiralar safida yarador askarlarga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

    U antisanitariya va antigigiyena tufayli yuzaga keladigan asoratlarni tadqiq etgan va epidemiologiya sohalarida qator yangiliklar qilgan. O‘zi ishlab chiqqan tibbiy xizmat usullari orqali yuzlab askarlarning hayotini saqlab qolgan. Boz ustiga, murakkab tibbiy statistika yuritish va kasalliklar tarixini tahlil qilib borish metodikasini ham birinchi bo‘lib Naytingeyl qo‘llagan deyiladi. Uning statistik tahlil usullari orqali turli epidemiyalarning tarqalish mexanizmlari, kasalliklarning qo‘zg‘alish sharoitlari haqida tibbiyot ilk puxta ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Tibbiy statistikani turli grafik va diagrammalar vositasida vizual taqdim etish usulini ham dastavval aynan u qo‘llagan.

    Umuman olganda, hamshiralik ishini alohida, muhim ijtimoiy kasb sifatida mavqei ko‘tarilishiga ham Naytingeylning jonbozliklari sabab bo‘lgan.

    Neytronning mavjudligi haqida ilmiy taxminga 100 yil

    1911-yilda Ernest Rezerford atom yadrosining ichki tuzilishini o‘rganishga kirishdi va keyingi yillar davomida atom markazida musbat zaryadli proton mavjudligini aniqladi. Lekin protonning o‘zi bilan atom yadrosi massasini izohlab bo‘lmasdi. Boz ustiga, atomning o‘zi neytral bo‘lib, protonning musbat zaryadini neytrallovchi manfiy zaryadli yana nimadir bo‘lishi lozim edi. Manfiy zaryadli elektron ham ko‘p o‘tmay kashf etildi. Lekin bu ham umumiy atom nazariyasi uchun kifoya qilmasdi. Rezerford atom yadrosida elektr neytral zaryadli (yoki, boshqacha aytganda, nol zaryadli) yana bir zarracha bo‘lishi kerak degan taxminni bildirdi. Bu taxmin u 1920-yil iyunida o‘qigan ma’ruzalarining birida ilk bora yangragan edi.

    Oradan 12 yil o‘tib, 1932-yilda Jeyms Chedvik neytronning haqiqatan ham mavjudligini aniqladi va ko‘plab fiziklarni hayron qoldirdi. Chunki aksar olimlar bunga shubha bildirgan bo‘lib, faqat Rezerfordning o‘zi va yana amerikalik kimyogar Uilyam Xarkins bu kashfiyotdan hayratlanmagan. Ular uchun bu mutlaqo tabiiy, kutilgan narsa edi. Chunonchi, Xarkins mazkur elektroneytral atom zarrachasi uchun 1921-yildayoq “neytron” nomini o‘ylab topgan va allaqachon o‘z ilmiy maqolalarida qo‘llay boshlagandi.

    Birinchi atom bombasiga 75 yil...

    Ro‘yxatimizdagi eng ayanchli va achinarli yubiley sanasi desak bizni koyimasangiz kerak... Ha, hozirda ham butun bashariyat ustiga qirilib ketish xatarini solib turgan, insoniyat sivilizatsiyasini bir zumda kunpayakun qilishga qodir dahshatli qurol – atom bombasi yaratilganiga bu yil 75 yil bo‘ladi.

    Atomni ijod etib

    Dahshat balo bunyod etib

    Oqibatni yod etib

    Hayron o‘zing, hayron o‘zing.

    deb yozgan shoirimiz Erkin Vohidov naqadar haq edi.

    Ommaviy qirg‘in qurollarining eng dahshatlisi bo‘lgan atom bombasining dastlabki namunasi 1945-yilning 16-iyulida AQShning Nyu-Meksiko shtati, Alomogordo sahrosida sinab ko‘rilgan. O‘shandan buyon o‘tgan 75 yil muddat ichida mana insoniyat muttasil yadro urushi xavfi ostida yashamoqda. Qanchalik vahimali bo‘lmasin, bu achchiq haqiqat va hozirda yadro jomadoniga ega mamlakatlar rahbarlarining birgina ishorasi bilan bomba butun tamaddunni tanazzulga yo‘liqtirishi mumkin...

    Foto: Google Photos

    Afsuski shunday. Bu narsani odamzotning olovdan foydalanishni o‘rganishi, yozuvni kashf etishi, elektr tokini bo‘ysundirishi singari, olamshumul, tamaddunni navbatdagi bosqichga ko‘taradigan kashfiyotlari qatoriga qo‘shish mumkin edi. Faqat, yuqoridagilardan farqli o‘laroq, bu “olamshumul” kashfiyotning ijobiy samarasidan ko‘ra salbiy oqibatlari yaqqolroqdir. Bu, shuningdek, ilm-fanning kuchini, olimlarning va bilimning nimalarga qodirligini ko‘rsatadigan yaqqol misol hamdir.

    25.01.2020, 08:34   Izoh (0)   39668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar Tibetning qadimgi muz namunalaridan fanga noma’lum 28 ta virus topdi

    24.01.2020, 09:47

    Dinozavrlar qirilib ketishining jumbog‘i o‘z yechimini topdi

    18.01.2020, 10:39

    Yer magnit qutbining rekord darajada siljigani qayd etildi

    20.12.2019, 20:35

    Tarixda birinchi marta g‘ayritabiiy mavjudotlarning tasviri topildi

    14.12.2019, 08:23

    Okean tubidan minglab sirli obyektlar topildi

    12.12.2019, 08:25

    Olimlar har qanday saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

    07.12.2019, 09:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Hayitda xayr-saxovat va g‘amxo‘rlik –  Click bilan yanada qulay!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Samsung yangi Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G smartfonlarini taqdim etgan holda AI (sun’iy intellekt) sohasida oldinga harakatlanmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Ozon’dagi yangi sotuvchilarning xatolari: xaridorlarni cho‘chitadigan 5 ta asosiy narsa


    MKBANK The Bank of New York Mellonda AQSH dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.