Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yil nomi — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish lozim.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Mavzuga doir:
- Toshkentda yerosti silkinishlari sezildi. Bu vaqtda Prezident propiska tizimi haqida gapirayotgan edi
- Shavkat Mirziyoyev — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik haqida: “Xalq vakillari nima desa shu bo‘ladi”
- Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qildi
Izoh (0)