• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Feodalizm va kapitalizm o‘rtasidagi oxirgi to‘siq. Fransuz qiroli Lui XVI ning qatl etilishi haqida

    1793-yil 21-yanvar kuni Fransiyaning so‘nggi absolyut monarxi Lui XVI 1789-yilda boshlangan Buyuk fransuz inqilobi natijasida qatl etildi. Fransuz inqilobi insoniyat tarixida zamonaviy bosqichni boshlab bergan, dunyoni modern asriga olib kirgan, inson huquqlari, siyosiy harakatlar singari tushunchalarni yaratgan buyuk voqea hisoblanadi. Lekin Lui XVI biroz qattiqqo‘l va irodali bo‘lganida, inqilob amalga oshmasligi mumkin edi. Bu holatda insoniyat qanday rivojlanardi – noma’lum. Lekin bugungi modern asri bo‘lmasligi ham mumkin edi.

    Lui XVI ning qatl etilishi.

    Lui XVI ning qatl etilishi.
    Foto: Wikipedia

    Xo‘sh, Lui XVI qanday qirol edi, nega uni qatl etishdi ? Bugungi maqolada “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov bu qirol, uning hayoti, faoliyati va o‘limi sabablari haqida hikoya qiladi.

    Lui Avgust 1754-yilning 23-avgust kuni Versal shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi Fransiya taxti vorisi dofin Lui de Frans va uning ikkinchi xotini Mari-Jozef de Saks edi. Lui yoshlikdan diniy ta’lim olib o‘sdi. Shuningdek, konservatizm prinsiplari ostida tarbiyalandi. Tirishqoq Lui yoshligidan juda ko‘p texnik ilmlarga qiziqdi. U bo‘sh vaqtini qulf yasashga sarflardi. Akasi va taxt vorisi bo‘lgan otasi dofin Lui de Frans vafotlaridan keyin rasman qirol Lui XV ning vorisi etib e’lon qilindi.

    Lui va Mariya Antuanettaga

    1770-yilda Lui qirollik uchun muhim nikohni qabul qildi. Shu yili Avstriya imperatori Fransua I ning qizi Mariya Antuanetta bilan oila qurdi. Bu paytda ular 14 va 16 yoshlarda edi.

    Mariya Antuanetta.

    Mariya Antuanetta.
    Foto: Wikipedia

    Bu nikoh Fransiya qirolligi va Avstriya imperiyasi o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashi lozim edi. Shuningdek, ikki davlat aloqalarining yaxshilanishi mintaqada Angliya va Prussiyaning Fransiyaga nisbatan tajovuzkorona harakatlari tiyib turilishiga xizmat qilishi ham kerak edi. Ammo Avstriyaga nisbatan adovat yuzaga chiqa boshladi va malika yetarli hurmatga loyiq ko‘rilmadi. Mariya Antuanetta esa eri bilan birgalikda gilyotinada qatl etildi. Ularning nikohidan to‘rt farzand dunyoga keldi.

    Hukmronlik yillari

    1774-yilning 10-may kuni 19 yoshli Lui Avgust Lui XVI nomi bilan Fransiya va Navarra qiroli deb e’lon qilindi. Toj kiyish marosimi 1775-yil 11-iyun kuni Rems shahrida bo‘lib o‘tdi.

    Taxtga tayyor bo‘lmagan yosh qirol uyatchanlik kasaliga mubtalo edi. Davlat ishlaridan ko‘ra ov kabi ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni xush ko‘rardi. Hukmronligining ilk yillarida davlat chuqur iqtisodiy inqiroz girdobiga tushib qoldi. Turgot va Malesherb singari taniqli vazirlar bo‘lishiga qaramay, aristokratiya muxolifatiga qarshi turdi.

    Ana shunday sharoitda, 1774-yil 17-noyabr kuni parlamentni qayta chaqirish to‘g‘risida buyruq chiqarishga majbur bo‘ldi. Qaror qabul qilishda ojiz qirol o‘rniga muhim qarorlarni bundan buyon parlament qabul qiladigan bo‘ldi. Ko‘rilgan iqtisodiy islohotlar, soliq tizimidagi o‘zgarishlar, yangi savdo hamkorlari topish yo‘lidagi urinishlar to‘siqlarga uchradi. Bir necha vazir ishdan olindi. Mamlakat og‘ir inqiroz ichida qoldi. Shunday sharoitda qirol Fransiyaning eski obro‘sini tiklash maqsadida tashqi siyosatda muhim qarorlar qabul qilishga harakat qildi. Bu yo‘nalishda uning AQShdagi mustaqillik urushidagi ishtirokini eslab o‘tish joiz. 1778-yil 6-fevral kuni Fransiyada bo‘lib turgan Benjamin Franklin bilan harbiy ko‘mak borasida kelishuv imzolandi. Bu kelishuvga muvofiq, Fransiya AQShga harbiy ko‘mak berdi. Saroydagi katta xarajatlarga qo‘shimcha ravishda Amerikadagi urushga aralashuv Fransiya iqtisodiyotini xavfli ahvolga solib qo‘ydi.

    Lui XVI va Buyuk fransuz inqilobi

    Mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz siyosiy inqirozni ham keltirib chiqardi. Burjuaziya va dehqonlar soliq tizimidagi adolatsizlik hamda saroy xarajatlari haddan ko‘pligidan norozi edi. Parlament a’zolari imtiyozga ega kishilarning hayot tarzini ortga surishi mumkin bo‘lgan soliq tizimidagi islohotni amalga tatbiq qilishni ortga suraverdi. Uchinchi tabaqa vakillarining noroziliklari kuchayib bordi. Shunday sharoitda, 1789-yil 9-iyulda ta’sis yig‘ilishi tuzildi. Shunga qaramay, qirol konstitutsiyaviy monarxiya tuzishdan bosh tortdi. U imtiyozlarni bekor qilishdan, Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasini ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi. Fransiya inqilob ichida qoldi. Boshlangan noroziliklarni jiddiy qabul qilmagan qirol bir necha yo‘qotishlarga uchradi. Inqilobdagi eng muhim nuqta, shubhasiz, 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asi qo‘zg‘olonchilar tarafidan egallanishi bo‘ldi. Bu hujum paytida 80 nafar parijlik halok bo‘ldi. Qamoqxona boshlig‘i ham qo‘zg‘olonchilar tomonidan o‘ldirildi. Monarxiya istibdodining ramzi bo‘lgan qal’a qo‘lga kiritildi. Ushbu sana Fransiya tarixiga milliy bayram kuni sifatida kirdi.

    Lui XVI.

    Lui XVI.
    Foto: Wikipedia

    Tartibsizliklarning ikkinchi to‘lqini shu yilning 5–6-oktabr kunlari parijlik ayollar Versal saroyiga non so‘rab borishi bo‘ldi. Bir necha ming ayol saroy ostonasiga norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Hayot darajasi pasayishi va yashashning qimmatlashuvi oqibatida qiroldan o‘zgarishlarni talab qilishdi. Shu kecha qirol shu paytga qabul qilishni rad etib kelgan qarorlarni qabul qildi. Qirol Parijga olib ketildi va Tyuilri saroyida hibsda ushlandi. Versal saroyi esa talandi.

    Qirolning o‘ldirilishi

    Qirloning obro‘si misli ko‘rilmagan darajada tushib ketdi. 1791-yil 21-iyun kuni hibsdan qochib, Metsdagi markiz Buye armiyasiga qo‘shilishni istagan qirol va uning oilasi Varen-en-Argonda qo‘lga olindi va yana Parijga olib kelindi. Xalq esa o‘ziga nisbatan xiyonat qilingan deb hisobladi. Respublikachilar kuchayib ketishini istamagan parlament qirolni inqilobga qarshi kuchlar tomonidan olib qochilgan qilib ko‘rsatishga erishdi. Qirol barcha vazifalaridan ozod qilinganiga qaramay, 1791-yil 14-sentabr kuni Milliy ta’sis majlisida xalq ishonchini oqlashga qasam ichdi. Ammo bundan buyon u Fransiya qiroli emas, balki fransuzlar qiroliga aylandi. Ushbu o‘zgarish hokimiyat xalq ixtiyoriga o‘tganini anglatar edi.

    Isyonchilar qarab o‘tirmadi. Ular Tyuilri saroyiga hujum qildi. Qirol xiyonatda, armiyani tartibsizlanstirishda ayblandi. 1792-yil 1-avgustda Fransiyada chop etilgan bir bayonotda Brunsvik gersogi, Prussiya armiyasi qo‘mondoni mabodo qirol hayotiga xavf tug‘ilgudek bo‘lsa, Parijni yer bilan yakson qilishini e’lon qilgan edi. G‘azabga mingan isyonchilar Tyuilri saroyini egallab, qirolni hibsga oldi. Bu voqea 1792-yilning 10-avgust kuni yuz berdi. Bir necha oy davom etgan sud ishida, malakali advokatlar himoyasi ostida bo‘lishiga qaramay, u davlatga qarshi jinoyatda ayblandi va inqilobiy tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm etildi.

    1793-yil 21-iyun, tongi soat 10:20 da Lui Kapet, Fransiyaning sobiq qiroli 39 yoshida gilyotinada qatl etildi. Qatl o‘sha paytdagi Inqilob, hozirgi Konord maydonida amalga oshirildi. U millat xoini sifatida e’lon qilindi. Uning so‘nggi so‘zlari quyidagicha yangradi: “Fransuzlar, men ma’sum holda o‘lim topmoqdaman, dushmanlarimni kechiraman, istaymanki, mening o‘limim…”. Uning oxirgi so‘zlari o‘limini e’lon qilgan do‘mbira sadolari ostida qolib ketdi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    22.01.2020, 17:12   Izoh (0)   57534
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.