PSJ klubi jamoaning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavanini qishki transferlar oynasi vaqtida sotishga qaror qildi, deb yozadi ESPN.
Ta’kidlanishicha, parijliklar Kavanining transferida 20 million yevro ishlab olish niyatida.
Avvalroq Edinson bo‘yicha Madridning “Atletiko”si 10 million yevrolik taklif bilan chiqqan va rad javobini olgandi.
PSJ bilan shartnomasi 2020-yil yozida yakuniga yetadigan Kavaniga ayni damda “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Edinson joriy mavsum Fransiya chempionatida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)