• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jon Boynning “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Romanni bundan besh yilcha oldin o‘qib ko‘rgan edim. Kitob juda kichik va uni yarim kunda o‘qib chiqish mumkin. Asarni o‘qishimga oldinroq shu nomli mashhur filmni ko‘rganim sabab bo‘lgan. Albatta, kinolar hech qachon kitoblar kabi bo‘la olmaydi, chunki inson tasavvuri chegaralanmagan. Ammo kitob va kino o‘rtasidagi farq sezilarli katta emas. Ayni paytda, asarning eng go‘zal qismi bo‘lgan dialoglar baribir kitob orqali juda yaxshi yetib boradi.

    Asar haqida

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” – irlandiyalik yozuvchi Jon Boynning romani. Birinchi marta 2006-yilda nashr etilgan. Roman darhol o‘nlab adabiy mukofotlar, shu jumladan Britaniya kitob mukofotiga nomzod bo‘lgan. 50 dan ortiq tillarda nashr etilgan. Bu – tikon sim bilan ajratilgan ikkita bolaning hayoti haqidagi hikoya.

    Syujet

    Asar Berlindagi besh qavatli chiroyli binoda, oilasi va do‘stlari bilan yashayotgan to‘qqiz yoshli nemis bolasi – Brunoning nigohlaridan hikoya qilinadi. Kunlarning birida Bruno uyga kelib xizmatkor Mariya uning buyumlarini jomadonga solib qo‘yganini bilib qoladi. Otasi muhim mansabga o‘tayotgani uchun oilasi Aj-Vis shaharchasiga ko‘chib o‘tishga majbur.

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    Bruno yangi joyni yoqtirmaydi, zerikadi, o‘ynashni xohlaydi, lekin atrofda hech kim yo‘q. U derazadan yo‘l-yo‘l pijamalarda yurgan odamlarni ko‘rib qoladi va o‘sha hududni o‘rganishga boradi. U yerda yangi do‘sti – panjaraning narigi tomonida, konslager hududida o‘tirgan yahudiy bolakay Shmuel bilan tanishadi.

    Ma’lum bo‘lishicha, ikki bola ham bir kunda tug‘ilgan va, Brunoning fikriga ko‘ra, umumiy jihatlari juda ko‘p. Ular simli panjara yonida muntazam ravishda uchrashadi, ammo vaqt o‘tib Brunoning oilasi Berlinga qaytib ketishga qaror qiladi. Bruno Shmuel bilan xayrlashish uchun so‘nggi bor konslager tomon borishga qaror qiladi. Bruno Shmuelga otasini topishga yordam berishga qaror qiladi. Kiyimini almashtirib, u ham boshqa mahbuslar kabi yo‘l-yo‘l pijama kiyib oladi va panjaraning narigi tomoniga o‘tib ketadi...

    Tahlil

    Konslagerlar haqida yuzlab kuchli romanlar bor, nega aynan ushbu roman tanlandi deb so‘rashingiz mumkin. Javob oddiy: ular ichida sakkiz yashar bolaning nuqtai nazaridan turib hikoya qilinadiganlari juda kam. Bu Jon Boynning eng katta yutug‘idir.

    Masalan, Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani, Romeo Salmonining “Men Gitler ustidan g‘alaba qozondim” asari (bu kitobni o‘qimagan bo‘lsangiz, Roberto Beninining asar asosida suratga olingan “Hayot go‘zal” nomli shedevr filmini ko‘rganingiz aniq) yoki “Anna Frank kundaligi” kabi real voqealarga asoslangan kitoblardan Jon Boyn romanining farqi shundaki, bu asar to‘qima obrazlarga asoslanadi. To‘qima bo‘lsa-da, unda bolalar nigohi va sodda o‘ylari orqali Ikkinchi jahon urushi kabi tarixdagi eng katta fojianing o‘ziga xos tomonlarini bolalar psixologiyasi paradigmasi orqali yanada tushunarliroq va yorqinroq ko‘ramiz.

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” bizni otasining ishi tufayli Osvensim o‘lim lageri yaqiniga oilasi bilan yashash uchun ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan natsistlar zobitining kenja o‘g‘li bilan tanishtiradi. Ular ko‘chib o‘tgan uy yaqinida simli panjaralar bilan ajratilgan hudud bor.  Bruno oilasi bilan qirg‘in lageriga olib kelingan to‘qqiz yoshli yahudiy bola Shmuel bilan do‘stlashadi. Roman shu ikki bolakay o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘z dinamikasiga kirib boradi.

    Bruno ota-onasiga o‘zining sarguzashtlari haqida hech narsa aytmasdan, har kuni yangi do‘stining oldiga o‘ynashga va unga ovqat olib borish uchun borardi. Asarning eng diqqatga sazovor qismlari bu albatta dialoglardir. Bruno va Shmuelning suhbatlari orqali konslagerda va urushning boshqa jabhalarida nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi sodda bolalar tasavvurini kashf etamiz. Masalan, Brunoning dastlabki fikrlariga ko‘ra, konslagerdagi barcha odamlar baxtli ferma ishchilaridir, shuning uchun ham ular bir xil ish kiyimiga ega.

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    Ikki qahramondan tashqari, ikkilamchi qahramonlar ham juda qiziqarli. Brunoning singlisi va onasining psixologik evolyutsiyasi menga juda qiziq tuyuladi. Barcha totalitar hukumatlarning poydevorlaridan biri bu o‘sha “noyob mafkura” tez qabul qilinishi uchun shaxslarning miyasining chuqurroq yuvishdir. Asarda SS zobiti Kurt Kotlerga havas bilan qarash orqali Brunoning singlisi Gretel tobora radikallashib borishini kuzatish mumkin.

    Yana bir qiziq tomoni shundaki, asar uchinchi shaxsda hikoya qilinishiga qaramay, u bola nuqtai nazaridan aytilganday tuyuladi. Uni o‘qiyotganda, ehtimol, sodda tasavvurga ega birinchi shaxsning hikoyasi yaxshiroq bo‘lar edi, deb o‘ylashingiz mumkin, ammo tez orada muallif bunday qarorga nima sababdan kelganini tushinib olasiz. Shu bilan birga, birinchi boblardayoq paydo bo‘ladigan ishoralar orqali tajribasiz kitobxon ham asar nima bilan yakunlanishini ich-ichidan his qilishi mumkin.

    Har qanday nozik hisli odamni asardagi yahudiylar qirg‘ini, natsizm va boshqa shu kabi mavzular qiziqtiradi. Bu muallif foydasiga o‘ynaydi, u o‘quvchiga qahramonning fe’l-atvoridan ko‘proq ma’lumot beradi: hamma tushunib turgan narsani Bruno tushunmaydi, hech kim tushunmayotgan narsani esa Bruno his qila oladi. Qanday bo‘lmasin, to‘qqiz yoshli bolakay bu ishlardan bexabarligi biroz aqlga sig‘masligi mumkin, ammo u boshqa masalalarda yengillik bilan chuqur fikr yuritadi. Ehtimol, Bruno har tomonlama mavhum yo‘l-yo‘l kiyingan odamlar dunyosidan rostdan bexabar bo‘lishi mumkin, lekin hatto hayvonlar ham biron xavf yoki qo‘rquvni sezsa, intuitsiyasi orqali undan qochishga harakat qiladi-ku. Chindan ham, ba’zan Bruno o‘zini juda past IQ’ga ega insonday tutadi. Biz kattalar bolalarning tushunish qobiliyatini ko‘pincha shubha ostiga olamiz, lekin ular aslida biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq narsani tushunadi va biladi.

    Uning do‘sti bo‘lgan yahudiy bolasi ham deyarli shunday. Ular asl holatlari haqida bexabar. Ammo hech bo‘lmaganda yahudiy bolasi u yerdagi mish-mishlarni eshitgan yoki sodir etilgan vahshiylikni ko‘rgan inson sifatida fikr qilib ko‘rishi kerak edi. Masalan, u biron ishni bajarishga ketgan bir guruh qaytib kelmaganini, guruh a’zolarini hech qachon qaytib ko‘rmaganini yoki otasi g‘oyib bo‘lganini aytadi... lekin bundan shubhalanmaydi.

    Ikkala bola bir kunda tug‘ilgani, polshalik yahudiy bola konslagerdagi kam sonli nemis tilini biladiganlardan biri ekani, tikon panjarada teshik borligi va u qo‘riqlanmagani, Bruno bemalol bu yerga kela olishi, albatta, reallikdan uzoq, aql bovar qilmaydigan va imkonsizdir holatdir. Shunga qaramay, asar insoniy qadriyatlar va axloqiy munosabatlarga to‘la bagajga ega. Bu asarga Paulo Koelyo stilidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega masal sifatida ham qarash mumkin.

    Xulosa

    Boyn romanni bolalar va o‘smirlarda konsentratsion lagerlar haqida tasavvur shakllatirish uchun shu yoshda shaxs nuqtai nazari orqali yozgan. Shuning uchun ko‘plab yetuk kitobxonlarga asar juda yengil tuyulishi mumkin.

    Shu bilan birga, sodda va turli mavzularga boy matn katta yoshlilarni ham o‘z domiga tortishi mumkin, chunki ularni ushbu emotsional anturajdagi begunoh bolalarning taqdiri befarq qoldirmaydi. Hatto yig‘latadi.

    Bolalarning yangilikka bo‘lgan ishtiyoqi tufayli irlandiyalik yozuvchi asarida do‘stlik, beg‘uborlik, kontekstlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va haqiqatni yashirish aspektlaridan yaxshi foydalanadi. Kitobni o‘qiyotgan shaxs voqeliklar chegarasini buzish uchun ham emotsiyalar olamida sayr qilishiga to‘g‘ri keladi.

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr

    Biroq, asarga murakkablik yetishmasligiga qaramay bu qimmatbaho hissiy daqiqalarga ega nozik hikoyadir. Bu asarni yoshlarni o‘tmishdagi xatolarga yo‘liqmaslikka, radikal harakatlar ta’siriga berilmaslikka va boshqacha odamlarga nisbatan nafratga undovchi fikrdan qochishga o‘rgatish uchun tavsiya etaman.

    Iqtiboslar

    Kimdir kechasi osmonga qarasa, bu uning astronom ekanini anglatmaydi;

    Uy – bu shunchaki ko‘cha, shahar yoki hatto g‘isht va ohakdan qurilgan bino ham emas. Uy – bu oilangiz joylashgan makon;

    Panjara ortidagi odamlar va harbiylarning o‘rtasidagi farq nimada? – deb o‘zidan so‘rar edi Bruno. Kimdir yo‘l-yo‘l pijamalarni, kimdirlar esa chiroyli formalarni kiyishi kerakligini kim hal qiladi?

    Ma’lum bo‘lishicha, bolalar rioya qilishi shart bo‘lgan qoidalarga kattalar amal qilmaydi (qoidalarni kattalar o‘rnatgan bo‘lsa ham);

    “Kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘qituvchimi, oshpaz yoki komendant, dadalar qattiqqo‘l bo‘lishi kerak”.

    Qiziqarli faktlar

    - Roman asosida 2008-yilda ajoyib film suratga olingan. Rejissor – Mark Herman;

    - Taxminlarga ko‘ra, asar voqealari Aushvitsda bo‘lib o‘tadi (Osventsim o‘lim lageri), vaqt – 1943–1944-yillar.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida

    Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida

    “Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman

    “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida

    Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida

    “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida

    “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida

    O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida

    “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida

    20.01.2020, 18:03   Izoh (0)   109900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.