• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Termizda “Xalq banki” amaliyot bo‘limi yopildi. 45 nafar xodim ishsiz qolayotganidan shikoyat qilmoqda

    “Xalq banki” Surxondaryo viloyati filiali Termiz amaliyot bo‘limi yopildi. Mazkur bo‘limda ishlab kelayotgan 45 nafar xodim ishsiz qolmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan murojaatchilar muammosini o‘rgangan jurnalist Nargiza Rahmatullayevaning yozishicha, amaliyot bo‘limining yopilishiga AT “Xalq banki” boshqaruvining 2019-yil 24-iyuldagi qarori asos qilib olingan.

    Foto: “Daryo”

    — Yigirma yildan buyon shu bankda ishlab kelayotgandim. Shu vaqtga qadar Termiz amaliyot bo‘limi daromad bilan chiqqan. Faoliyatimiz davrida yaxshi ishlaganmiz, — deydi Gulchehra Usanova. — 4 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Ayni paytda uy-joyim yo‘q. Ijarada turamiz. Yaqinda bankdan uy-joy olish maqsadida kredit olgandim. Turmush o‘rtog‘imning tayinli ishi yo‘q, oilada faqat o‘zim ishlayman. Endi farzandlarni qanday boqamiz?

    Murojaatchilarning aytishicha, Termiz amaliyot bo‘limi yopilib, yangi amaliyot bo‘limi tashkil etilgan. Ammo eski xodimlar bo‘shatilib, boshqa xodimlar ishga olingan.

    Dildora Ismoilova

    Dildora Ismoilova
    Foto: “Daryo”

    — Yangi amaliyot bo‘limi tashkil qilib bo‘lingan, — deydi murojaatchi Dildora Ismoilova. — Faqat bizning “MFO”imiz bilan ishlolmaganligi sababli Toshkent viloyat “MFO”si bilan ishlab turgandi. Aslida bank qonunchiligida bu mumkin emas. Shuning uchun bizning amaliyot bo‘limimizni yopib, “MFO”imizni o‘sha Toshkent “MFO”si bilan ishlayotgan yangi amaliyot bo‘limiga berishdi.

    Foto: “Daryo”

    Dildora Ismoilovaning aytishicha, 2019-yil AT “Xalq banki” Surxondaryo viloyati filiali uchun 3 qavatli zamonaviy, mijozlarga har tomonlama qulay bo‘lgan bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Uning birinchi qavatida yangi tashkil etilgan Termiz amaliyot bo‘limi ish boshlagan.

    — Yangi tashkil etilgan amaliyot bo‘limiga bizni emas, boshqa xodimlarni ishga olishdi, — deydi Dildora Ismoilova. — 6 nafar farzandim bor. Katta farzandim shartnoma asosida o‘qiydi. Endi farzandlarimning keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Nega ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lsak-da, bizga ish bermay, bizning o‘rnimizga yangi xodimlarni olishdi? Bizning aybimiz nima?

    — Bizga nisbatan nohaqlik bo‘lyapti, — deydi Gavhar Mamatqulova. — Nega ko‘p yillik ish tajribasiga ega xodimlar turib yangi xodimlar ishga olinmoqda? Bizga ularning qanday xusumati bor? Ayni paytda e’lon berilib yangi xodimlarni ishga olishmoqda. Nega bizni emas? Biz endi Rossiyaga ishga ketamizmi?

    Murojaatchilarning aytishicha tugatilayotgan amaliyot bo‘limi daromad bilan ishlab kelgan.

    Foto: “Daryo”

    — 200 million so‘m daromaddamiz, — deydi ishdan bo‘shatilayotgan xodimlar. — Nima uchun daromadda turgan filial yopilmoqda? “Xalq banki” viloyat boshqaruvi raisi A.Xolmonovning aytishicha, “Termiz shahrida 2 ta filial ishlatish mumkin emas ekan.

    Ta’kidlash joizki, Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Surxondaryo viloyati filiali Termiz amaliyot bo‘limi tugatilganligi sababli bank xodimlariga mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinayotgani to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan.Unda mehnat shartnomasi 2020-yil 17-yanvar kunidan boshlab ikki oy muddat o‘tganidan so‘ng bekor qilinishi, kelgusida xodimni ish bilan ta’minlash imkoniyati yo‘qligi ma’lum qilingan.

    Jurnalist Nargiza Rahmatullayeva bilan telefon orqali muloqot qilgan “Xalq banki” viloyat boshqaruvi raisi Anvar Xolmonov mazkur holatni tegishli tartibda ko‘rib chiqamiz deyish bilan cheklandi. Qay tartibda ko‘rib chiqiladi? Bo‘shatilayotgan xodimlar taqdiri ne kechadi? Bu haqda ma’lumot bermadi.

    20.01.2020, 18:35   Izoh (0)   20721
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pul budjetdan emas, O‘zbekistondagi katta oligarxlarga iltimos qildim”. Shavkat Mirziyoyev — qonunlarning xalqaro ekspertizasi haqida

    20.01.2020, 17:55

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ini senator etib tayinlashini ma’lum qildi

    20.01.2020, 17:47

    O‘zbekistonda 21-yanvar kuni qor yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor

    20.01.2020, 17:36

    Senat yangi tarkibining birinchi yalpi majlisi boshlandi. Majlisda Shavkat Mirziyoyev qatnashmoqda

    20.01.2020, 16:45

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    20.01.2020, 16:35

    Foto: Senatning birinchi yalpi majlisi boshlanishi oldidan

    20.01.2020, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.