Suriyaning Idlib viloyatidagi Abu Ja’far aholi punkti yaqinida 50 nafarga yaqin jangari tanklar va piyodalar jangovar mashinalari yordamida hukumat qo‘shinlari marralariga hujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum 17-yanvar kuni amalga oshirilgan. Jangarilar 1,2 kilometrgacha ichkariga va 500 metr front bo‘ylab ilgarilagan. Hujum davomida oltita tankdan foydalanilgan.
Hukumat kuchlari jangarilar zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va ular chekinishga majbur bo‘lgan. Biroq 18-yanvar kuni ushbu hududdagi to‘qnashuvlar davom etgan.
Izoh (0)