18-yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazildi.
Sodiqjon Turdiyev 2013-yil dekabrida O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan, 2015-yilda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari bo‘lgandi. 17-yanvar kuni Sodiqjon Turdiyev yangi vazifa, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga doir: Buxoroda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabini bitirganlar o‘rtasida ajrimlar sodir bo‘lmagani qayd etildi
Sodiqjon Turdiyevga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi oilaviy ajrimlar jamiyatimizning eng og‘riqli nuqtalaridan biri.
Albatta, biz o‘z oldimizga ajrim xavfi bor oilalarga kirib borishga intiladi. Lekin ajrim bir kunda bo‘ladigan holat emas. Unga sabab bir necha yillar, oylar davomida yetiladi. Bunga oilalardagi kelishmovchilik, turli nomutanosibliklar sabab bo‘ladi.Maqsadimiz har bir nuroniy mana shu xavf bilan yashayotgan oilaga kirsin, ajrimlarning oldini olishga shu jamiyatning, mahallaning nuroniysi sifatida hissasini qo‘shsin.
Oldimizdagi rejalar qatorida joylarda oilaga tayyorlash maktablari tashkil qilish vazifasi turibdi. Bu maktablar orqali oila yoshidagi qizlarga ozgina bo‘lsa-da tajriba berish, oila haqida tushuncha berish. Bu maktablarda kerak bo‘lsa, qaynonalar ham o‘qisin. Chunki oilaviy ajrimlar aksariyat holatda qaynona-kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan kelib chiqayotgani ham rost gap.
Shuningdek, jamiyatda yoshlarni ishsiz qo‘ymaslik kerak. Qachonki yoshlar ish bilan band bo‘lar ekan, oilada totuvlik, baraka bo‘ladi. Ish bilan band kishida ziyonli ishlarga vaqt bo‘lmaydi.
Sodiqjon Turdiyev“Nuroniy” jamg‘armasi raisi
Izoh (0)