• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekiston Eron – AQSh urushidan qanday zarar ko‘radi? Sulaymoniyning o‘rinbosari nima bilan mashhur? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Eron – AQSh nizosi O‘zbekiston uchun qanday salbiy oqibatlar yaratadi?

    Rasmiy Toshkent dengizga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritish maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shni mamlakatlar, xususan, Eron bilan munosabatlarini yaxshilash haqida bosh qotirar ekan, Erondagi vaziyat bunga to‘sqinlik qilmoqda, deb yozadi The Diplomat nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Eron generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi ortidan Eron – AQSh munosabatlaridagi ziddiyatlar Yaqin Sharq mintaqasida yirik harbiy qarama-qarshilik yuzaga kelishiga sabab bo‘lib turibdi.

    O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi voqealar rivojidan tashvish bildirib nizolashayotgan ikki tarafga harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik va diplomatik vositalar yordamida muammolarni hal qilishga chaqirdi.

    O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonoti zamirida uzoqni ko‘zlovchi maqsadlar borligini uqsa bo‘ladi. Eron va AQSh o‘rtasida harbiy to‘qnashuv kelib chiqadigan bo‘lsa, rasmiy Toshkent bir necha o‘n yillardan buyon Eron hukumati bilan olib borayotgan muzokaralari O‘zbekistonning Eron orqali dengizga chiqish umidlarini chippakka chiqarishi turgan gap.

    Eron portlari O‘zbekiston mahsulotlarini dengizga olib chiqishda eng arzon va qisqa yo‘ldir. So‘nggi ikki yil mobaynida O‘zbekiston hukumati Eron hukumati bilan barqaror transport koridori yaratishga ko‘p vaqt va mablag‘ sarflamoqda. 2017-yil dekabrida Shavkat Mirziyoyev mamlakatning transport tizimini rivojlantirish borasida qaror qabul qildi. Qarorda O‘zbekiston yuklarini dunyo bozoriga olib chiqishda O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston va Termizdan boshlanib, Afg‘onistoning Mozori Sharifidan o‘tadigan  transport yo‘laklarini yaratish alohida ta’kidlanadi. Bu esa O‘zbekistonga Eronning Bandar Abbos, Chobahor va Bajagan portlari orqali dengizga chiqish imkoniyatini beradi.  O‘zbekiston uchun, o‘z navbatida, Erondagi barqaror vaziyat o‘ta muhim.

    O‘zbekistonning import va eksport mahsulotlari ayni paytda Turkmaniston orqali Bandar Abbos, Toshkent – Olmaota va  Toshkent – Moskva savdo yo‘laklari orqali tashilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki hisobotiga ko‘ra, Bandar Abbos o‘zbek paxtasi eksporti uchun muhim savdo yo‘lagidir. Har yili 40 mingga yaqin yuk ortilgan transport vositasi Bandar Abbos portiga Turkmaniston orqali o‘tmoqda.

    Rasmiy Toshkent hozirda Osiyo taraqqiyot banki yordamida O‘zbekistonni Mozori Sharif bilan bog‘laydigan temir yo‘l qurilishi uchun moliyaviy va siyosiy sa’y-harakatida. Erondagi tinchlik buziladigan bo‘lsa, bu O‘zbekiston hukumatining rejalarini buzib yuboradi, Tehron yordamida afg‘on hukumati va “Tolibon” harakati bilan olib borilayotgan muzokaralarni tahdid ostida qoldiradi.

    Shunday ekan, Erondagi mushkul vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilsagina O‘zbekiston uchun kelajakda muhim iqtisodiy ahamiyatga ega vazifalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

    Sulaymoniyning o‘rinbosari – Ismoil Qoniy haqida nima ma’lum?

    Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng Islom inqilobi muhofizlari korpusining xorijdagi operatsiyalariga javobgar “al-Quds” guruhiga rahbar etib Ismoil Qoniy tayinlandi, deb yozadi The National nashri.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Ismoil Qoniy aslida kim?

    Ismoil Qoniyning aslida qanday shaxs ekanini tushunish uchun u 20 yil mobaynida Afg‘oniston va Pokistonda olib borgan siyosatga to‘xtalish lozim.  Ehtimol, Qoniy shaxsiyati mamlakat g‘arbidagi qo‘shnilarga uncha tanish emasdir, ammo u sharqdagi qo‘shnilar – Kobul, Dushanbe, Toshkent va hattoki Hindistonda ham “Tolibon” harakatiga qarshi kurashchi sifatida 1990-yillardan beri yaxshi ma’lum.

    Janob Qoniy jurnalistlarni xushlamaydigan, izdoshi Sulaymoniydan tajovuzkorlik borasida qolishmaydigan generallardan biridir. 2001-yil 11-sentabr voqelaridan so‘ng uning qo‘mondonligi ostidagi kuchlar AQSh harbiy kuchlariga Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlashga yordam berdi. Shu bilan birga, AQShning Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston va sovuq urush alyansi mamlakatlari bilan munosabatlarida qatnashdi.

    Yadro quroliga ega Pokiston bilan o‘zaro nizolarni urushgacha olib bormasdan hal qila olgan siyosatchi sifatida Ismoil Qoniy e’tiborga molikdir. Ma’lumotlarga ko’ra, Qoniy o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Belujiston va Karachidagi vaziyatni nazorat qilgan hamda ayg‘ochilar tarmog‘ini yaratgan. U, shuningdek, Xitoy va Pokiston o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq G‘arbiy Xitoyni Arabiston dengiziga bog‘lovchi Gvadar porti bo‘yicha kelishuvni qo‘porishga erishgan shaxs sifatida ham ma’lumdir.

    Qoniy, shuningdek, pokistonlik shia guruhlari ko‘ngilli tarzda tuzgan, Suriyada shafqatsizligi bilan tanilgan “Zaynabiun” guruhining asoschisidir. Bu guruhni Pokiston hukumati yo‘q qilgan. Ismoil Qoniy tashkil etgan guruh Eronning shia jamoasi manfaatlari doirasida Pokistondagi kam sonli shia jamoatini o‘z safiga qo‘shish uchun targ‘ibot yuritgan.

    Ismoil Afg‘onistonda shialardan iborat “Liva al-Fatmanion” guruhini tashkil qilib, ular Suriyadagi janglarda ishtirok etishini ta’minlagan.

    Pokistondagi muammolardan tashqari, Islom inqilobi muhofizlari korpusi va “al-Quds” Pokiston fuqarolarini o‘g‘irlab, ularning pasportlaridan terrorchilik va ayg‘oqchilikda foydalangan. 2017-yilda Said Mustafo Haydar Naqviy Isroil uchun ayg‘oqchilik qilganlikda ayblanib Berlinda hibs etilgandi. Germaniya xavfsizlik kuchlari u “al-Quds” a’zosi ekanini, guruh safiga 2012-yilda Germaniyaga o‘qishga kelgan paytida a’zo bo‘lganini isbotlab bergandi.

    Qoniyning yana bir tajovuzkor harakati Kuvayt amiri shayx Jobir al-Ahmad as-Sabohning joniga uyushtirilgan suiqasdda (1985) namoyon bo‘ladi. Qo‘lga tushgan ikki eronlik tintuv qilinganda ulardan Pokiston vatandoshligi pasporti olib qo‘yilgandi. Suiqasdni Qosim Sulaymoniyga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan iroqlik shia lashkarboshisi Abu Mahsiy al-Muhandis uyushtirgan edi.

    Ismoil Qoniy Afg‘onistonda faoliyat yuritar ekan, uning asosiy vazifasi Afg‘oniston yoki Pokistondan Eron hududiga qaratilgan urush harakatlarining oldini olish va Afg‘onistonning Pokistonga iqtisodiy qaramligiga barham berish edi.

    Islom inqilobi muhofizlari korpusi nazarida Eronga chegaradosh Afg‘oniston, Pokiston hududlari, AQSh Eronga hujum qilgudek bo‘lsa, eng zaif nuqtadir. Chunki mintaqada siyosiy tartibsizlik avj olgan, turli jinoiy guruhlar faoliyat olib borar, AQSh esa ularni bartaraf etishi mumkin edi. Bundan tashqari, mintaqada ko‘pchilik sunniy bo‘lib, Eron oliy rahbarining hukmi ularga o‘tmas edi. Shuning uchun Eron Islomobod va Kobul bergan “mintaqa tinch” degan xabarlarga ishonmasdi.

    Ismoil Qoniyni Eron ichida Afg‘onistondagi urushni cho‘zganlikda, urushga AQSh va uning ittifoqchilari – Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlarini jalb qilganlikda ham ayblashadi. Toliblar 1996-yilda Kobulni zabt etganida Ismoil Qoniy askarlari afg‘on hukumati tashkil etilishiga qarshi alyans ham tuzgan edi.

    Sulaymoniy arab dunyosida urush bilan band bo‘lgan bir vaziyatda o‘ldirilishi siyosiy tahlilchilarni o‘ylantirib qo‘ydi. “Al-Quds” qo‘mondonligi Ismoil Qoniy qo‘liga o‘tar ekan, balki u Eron kuchlari diqqatini mamlakat sharqiga qaratar... Ammo Eron na G‘arb bo‘lsin, na Sharq, amaldagi siyosatini o‘zgartirmasligi aniq.

    Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyning chiqishi nimani o‘zgartiradi?

    AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat davom etar ekan, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy juma kuni 2012-yildan beri ilk marotaba juma namoziga yetakchilik qildi, deb yozadi The Guardian nashri.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Eron oliy rahbarining juma kuniga mo’ljallangan chiqishi Eron hukumatining yuqori martabali generali Qosim Sulaymoniy AQSh havo kuchlari tomonidan o‘ldirilishi va Ukraina havo yo‘llariga qarashli uchoq urib tushirilishi manzarasida 2012-yildan beri ilk marta kuzatilayotgan voqea bo‘lmoqda.

    Xomanaiy Eronni 1989-yildan beri boshqarib kelayotgan va hukumatning barcha darajadagi qarorlariga hukm o‘tkazadigan shaxs sifatida ma’lum.

    80 yoshni qarshilagan Xomanaiy general Sulaymoniyning dafn marosimida ishtirok etar ekan, AQSh jinoyati uchun albatta javob berishini aytdi.

    Xomanaiy so‘nggi bor juma namozida va’z o‘qigan 2012-yildan beri ancha siyosiy jarayonlarni bosib o‘tdi. O‘sha paytda u Isroilni Yaqin Sharq mintaqasidagi “saraton shishi”ga qiyoslagan va Tel-Avivga qarshi harakat qilayotgan har bir arab davlatini dastaklashini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Xomanaiy AQSh tomoni Eronga qarshi harbiy havo amaliyotini o‘tkazadigan bo‘lsa, Vashington yetkazgan zararidan o‘n karra ko’proq zarbaga duchor bo’lishini ta’kidlagan edi.

    8-yanvar sanasida Eron harbiy-havo kuchlari AQShning Iroqdagi bazasiga zarba bergan, hujum natijasida AQSh jiddiy zarar ko‘rmagan edi. Islom inqilobi muhofizlari Korpusi AQSh tarafidan jiddiy qarshi harbiy amaliyotlarga uchramagan bo‘lsa-da, Tehron xalqaro aeroportidan ko‘tarilgan “Ukraina havo yo’llari” aviakompaniyasiga tegishli uchoqni xatolik oqibatida urib tushirdi va 176 yo‘lovchining o‘limiga sabab bo’ldi. Kanada hukumati uchoqni eronliklar urib tushirgani borasida maxfiy ma’lumotni e’lon qildi, Ukraina esa Eron barcha aybni bo’yniga olishi kerakligini ta’kidladi.

    Eron rasmiylari uch kun mobaynida aybini yashirishga urinib, halokat texnik nosozlik oqibatida sodir bo‘lganini ta’kidlagan esa-da, oxir-oqibat xatolik inson omili oqibatida yuz berganini tan oldi. Bu orada eronlik oddiy aholi mavjud rejimga qarshi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqdi, maxsus politsiya kuchlari namoyishchilarni o‘qqa tutdi, hibs etdi.

    Eron va AQSh o‘rtasidagi sovuqlik Donald Tramp yadro bitimidan chiqishini e’lon qilishi va Eronga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini yanada kuchaytirishi ortidan chuqurlashib ketdi. Eronliklar ikki guruhga bo‘lindi. Bir taraf Qosim Sulaymoning o‘limi uchun AQShdan o‘ch olish kerakligini talab qilsa, ikkinchi taraf Eronda demokratik islohotlar vaqti kelgani borasida talab qo‘ydi.

    Tramp fors tilida “Eronning jasur va azob chekayotgan xalqi bilan birga ekani, ularning noroziligini qo‘llab-quvvatlashi”ni Twitter-sahifasida e’lon qildi.

    به مردم شجاع و رنج کشیده ایران: من از ابتدای دوره ریاست جمهوریم با شما ایستاده‌ام و دولت من همچنان با شما خواهد ایستاد. ما اعتراضات شما را از نزدیک دنبال می کنیم. شجاعت شما الهام بخش است.

    — Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 11, 2020

    Eron hukumatini yadro dasturi borasida muzokaralar stoliga taklif qilib kelayotgan Yevropa Ittifoqi Tehron bitim shartlaridan chiqishini e’lon qilishi ortidan unga nisbatan iqtisodiy bosim kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    Oyatulloh Xomanaiy chiqishlarida yadro dasturi borasida AQSh hukumatiga ishonqiramaganini ta’kidlasa ham, Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga sobiq AQSh prezidenti Barak Obama bilan ikki tarafga ma’qul keladigan shartlarda muzokarlar stoliga o‘tirishga ruxsat bergan edi.

    AQSh bitim shartlaridan chiqib ketishi oqibatida Eron oliy rahbari Vashington bilan hech qanday muzokar olib bormasligini e’lon qildi. Bu esa AQSh – Eron o‘rtasidagi 40 yillik yechilmagan tugun mintaqadagi vaziyatni yanada chigallashitirishi mumkinligidan dalolatdir.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    18.01.2020, 15:19   Izoh (0)   128359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya maxsus kuchlari MBH a’zolarini himoya qilish uchun Tripoliga yetib keldi

    18.01.2020, 14:40

    Turkmanistonda chegaralar yopilganidan so‘ng Erondan kirib keladigan Coca-Cola va tamaki mahsulotlari yo‘qolib qoldi

    18.01.2020, 14:21

    Zelenskiy Ukraina bosh vazirinining iste’fo to‘g‘risidagi arizasini rad etdi

    18.01.2020, 13:46

    “Bir oila — bir bola” siyosati bekor qilinganidan to‘rt yil o‘tib Xitoyda tug‘ilishlar soni tarixdagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

    18.01.2020, 13:04

    Xitoyda noma’lum virus sababli 2 kishi vafot etdi

    18.01.2020, 08:24

    Ukraina bosh vaziri mojaroli audioyozuv tufayli iste’fo so‘radi

    17.01.2020, 16:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.