“Lokomotiv Moskva” va “Rubin” klublari sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini “Rotor”da davom ettiradi.
32 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi volgogradliklar bilan shartnoma imzolagan. Denisov yangi jamoasida 29-raqam ostida to‘p suradi.
Buyuk tarixga ega klub safiga qo‘shilganimdan xursandman. Jamoada natija qo‘lga kiritishga xohish bor va bu istak menda ham mavjud.Denisovning so‘nggi jamoasi Qozonning “Rubin” klubi bo‘lib, Vitaliy joriy mavsum u yerda 8 o‘yin o‘tkazdi.Yangi stadion sabab shaharda haqiqiy futbol atmosferasi hukm suradi. Har doim biror nimani isbotlash va o‘zingni ko‘rsatish uchun sabab topiladi.
Vitaliy Denisov, futbolchi
“Rotor” Rossiyaning ikkinchi divizionida harakat qiladi. Klub 25-turdan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)