Surxondaryo viloyatidagi xususiy korxona rahbari Dilshod Komilov (ismi o‘zgartirilgan) sheriklari bilan birga bir necha fuqaro ishonchiga kirib, ularni aldab 170 000 AQSh dollari hamda 53 million so‘m pulni qo‘lga kiritgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018 va 2019-yilning yanvar—iyul oylarida Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi kengliklarida o‘suvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) o‘simligi smolasini shartnoma asosida yig‘ish uchun ruxsat olib beraman deb, fuqarolar Gulnoza Abdullayeva (ismi o‘zgartirilgan) va boshqalardan jami 170 000 AQSh dollari va 53 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)