14-yanvar kuni Namangan viloyatida Nexia va Isuzu avtobusi o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi IIV YHXBB axborot xizmati.
Taxminan soat 08:20 larda “Namangan—Uychi—Uchqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida ishonch qog‘ozi bilan o‘zganing Nexia’sini boshqarib ketayotgan 43 yoshli haydovchi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Buning oqibatida Nexia avtomobili salonida 30 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Sodir bo‘lgan YTH oqibatida Nexia ichida bo‘lgan uchqo‘rg‘onlik 60 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, Nexia haydovchisi N.M hamda ikki nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Bundan tashqari, Isuzu avtobusining 11 nafar yo‘lovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda.
Izoh (0)