O‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov “Rubin” klubini tark etdi.
Qozonliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgan.
Denisov 2019-yilning iyun oyida “Rubin” safiga kelib qo‘shilgandi. 32 yoshli himoyachi Rossiya Premyer Ligasi joriy mavsumida 8 o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, Vitaliy mamlakat kubogi doirasidagi bitta o‘yinda ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyati mobaynida “Dnepr” (2007—2012), “Lokomotiv Moskva” (2013—2019) va “Krilya Sovetov” (2019) kabi jamoalarda to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)