• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Umra bu sayohat emas, ibodat ekanini unutmang!”. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj va Umra monopoliyasi haqidagi e’tirozlarga munosabat bildirdi

    So‘nggi vaqtlarda internet saytlari, ijtimoiy tarmoq sahifalarida Haj va Umra safarlariga oid “Noinsoflar kasofati”, “Hajga qachon borishingizni bilasizmi yoxud yana monopoliya haqida...”, “Rixos tour” rahbari Haj va Umra monopoliyasi haqida...” sarlavhali maqola va materiallar e’lon qilindi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Shuningdek, turli aylanma yo‘llar orqali Umra safariga ketib, u yerda qarovsiz qolgan, sargardon bo‘lib mashaqqat va iztirob chekayotgan fuqarolarimizning ayanchli holatlari aks etgan videolavhalar ham tarqaldi. Mazkur videolavhalarning izohida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli fikrlar bildirildi. Aksariyat foydalanuvchilar hukumat ko‘magida tashkil etilayotgan Umra tadbiri orqali borilganda, bu kabi sarson-sargardonlik holati yuza kelmasligini ta’kidlagan.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu maqolalar va ularning izohida qoldirilgan sharhlarga munosabat bildirdi.

    “Ziyoratchilarimiz uchun Makka va Madina shaharlarda yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa qulayliklar haqida ko‘p gapirildi. Bu haqida yana to‘xtalmoqchi emasmiz, qiziqqan insonlar, xususan, maqola mualliflari O‘zbekiston Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining rasmiy Telegram kanaliga kirib (@hajumrauz) batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Shundagina har xil gap-so‘z qilmasdan, asl holatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, da’volari asossiz ekanini anglaydilar, degan umiddamiz”, — deyiladi munosabatda.

    Ta’kildanishicha, qoldirilgan ayrim sharhlarda hozirda umraga borayotgan ziyoratchilarimiz “Masjidul haramdan” 4—5 km uzoqlikda yashayotgani aytilgan, bunga javoban, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilar Madina shahrida “Masjidun Nabaviy”ning shundoqqina yonida, atigi 50 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Pulman Zam-zam”, Makka shahrida “Masjidul haram”dan 4—5 kilometr uzoqda emas, aksincha 600—650 metr masofada joylashgan 4 yulduzli “Abroj al-Kisva” mehmonxonasida istiqomat qilayotganini aytib o‘tgan.

    “Hurmatli maqola mualliflari! Umra bu sayohat emas, ibodat ekanini unutmang! Bu diniy ibodatda asosiy masala odamlarni jo‘natib, pulini sanab olish emas, ularning xavfsizligi va din amallarining mukammalligidir.

    Shu maqsadda hukumat ko‘magida tashkil etilayotgan safarda ziyoratchilarimizning Umra amallari bekam-u ko‘st, barcha arkonlari bilan to‘liq bajarilishi uchun bilimli, malakali, tajribali diniy soha xodimlaridan iborat guruh rahbarlari (ellikboshilar) biriktiriladi”, — deyiladi munosabatda.

    Avvalroq Andijondagi turfirma tomonidan Umra ziyoratiga jo‘natilgan 14 nafar o‘zbekistonlikning vizasi soxta bo‘lib chiqqani, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatdan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Qo‘mita bayonotida aytilishicha, bu kabi holatlar tez-tez uchramoqda, Saudiyada og‘ir ahvolda, mashaqqat chekib, ko‘z yosh to‘kkan yurtdoshlarimizning hasratlari aks etgan foto va videolavhalar ham taqdim etilmoqda.

    “Mo‘may daromad topish ilinjida fuqarolarimizni sarson qilayotgan, mukammal Umra ibodatini emas, faqatgina nafsini o‘ylayotganlar hech narsadan tap tortmayotgani, Umra safarini hukumat yordamida rasmiy, xavfsiz va ishonchli tashkil etayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani “monopol” deb ayblayotganlar odamlarni chalg‘itib, aldovlar bilan ularning ishonchiga kirib, chuv tushirayotgani achinarli hol, albatta!

    Aslida, minglab fuqarolarimiz hukumat yordamida tashkil etilayotgan Umra safariga qiyinchiliksiz, xavfsiz borib kelishmoqda. Bu haqiqatni butun xalqimiz biladi, e’tirof etadi va tashkilotchilarga rahmatlar aytishmoqda, bu hech kimga sir emas”, — deb ta’kidlangan qo‘mita munosabatida.

    Shuningdek, maqolalardan biridagi “Avval ‘Umra’, endi ‘Umra+’ ham monopol bo‘ladimi?” degan savolga ham to‘xtalib o‘tilgan.

    Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Umra+” dasturini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bu faoliyat bilan bevosita tadbirkorlik subyektlari, jumladan, turfirmalar va kompaniyalar shug‘ullanadi.

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi — xorijiy davlat delegatsiyalari, xorijiy va mahalliy OAVlari, nufuzli din arboblari, jumladan, sayohat agentliklarining murojaatlari asosida O‘zbekistondagi ziyorat marshrutlarida joylashgan obyektlarga xorijiy sayyohlarning ziyoratlarini namunali tashkil etishda yaqindan yordam beradi. Hozirga qadar o‘nlab o‘zbekistonlik turoperatorlarning shu kabi murojaatlari asosida O‘zbekistonga ziyoratlar namunali tashkil etilmoqda.

    Shuningdek, ta’kidlanishicha, “Vest Travel” sayyohlik firmasi ham O‘zbekistonga sayyohlarni olib kelish yoki “Umra+” dasturida erkin ravishda aviachiptalarni sotib olishi O‘zbekistonda barcha sayyohlik tadbirlarini tashkil etishi mumkin, bu borada qo‘mita yaqindan yordam beradi. Istagan sayohat agentligi ushbu yo‘nalishda “Umra+” ziyoratchilari uchun aviachiptalarni Uzbekistan airways AJga murojaat qilgan holda erkin xarid qilishi mumkinligini ham eslatib o‘tgan. Bu borada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolat doirasida doimo hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan.

    11.01.2020, 12:30   Izoh (0)   38817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Aya, meni uyimizga olib keting”. Muruvvat uyidan reportaj

    11.01.2020, 12:05

    “Qashqadaryo hokimi buyrug‘i” bilan qo‘ylarni so‘yganlar jazolandi

    11.01.2020, 10:56

    O‘zbekistonda vodorod peroksidini ishlab chiqaruvchi zavod quriladi

    11.01.2020, 10:49

    “Chendu—Toshkent—Chendu” charter reysining ilk parvozi amalga oshirildi (foto)

    11.01.2020, 10:24

    Buxoro, Samarqand va Toshkentda ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi

    11.01.2020, 09:42

    Samarqandda dabdabali to‘y qilganlarga nisbatan jazo choralari ko‘rilmoqda (video)

    11.01.2020, 09:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.