O‘zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni qurish bo‘yicha yangi loyihaga start berildi. Energetika vazirligidan ma’lum qilishlaricha, loyiha “Uzbekistan Hydrogen Peroxide” qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Zavod yiliga 50 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Qayd etilishicha, loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonda vodorod peroksidi importining o‘rnini to‘liq bosishga xizmat qiladi.
“Ushbu mahsulotga tibbiyot, to‘qimachilik, sellyuloza-qog‘oz va tog‘-kon sanoatlarida, oqova suvlari aeratsiyasi korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlariga qayta ishlov berish, chiqindilarga ishlov berish sohalarida talab katta”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Loyihaga sarflanadigan investitsiyalarning umumiy hajmi 40 million dollari bo‘lib, u ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda — vodorod peroksidi(N2O2) ishlab chiqarish zavodini quriladi;
- ikkinchi bosqichda — perkarbonat natriy (Na2CO31,5H2O2) ishlab chiqarish bo‘yicha zavod quriladi;
Izoh (0)