• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Trampga saylov oldidan AQShga yuboriladigan tobutlar kerak emas”. Sharqshunoslar va siyosatshunoslar — Yaqin Sharqdagi yangi nizo haqida

    8-yanvar kuni Eron qurolli kuchlari AQShning Iroq hududidagi harbiy bazalariga raketa zarbalari berdi. Bu Islomiy inqilob muhofizlari korpusining maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javob bo‘ldi. Generalni o‘ldirish haqidagi topshiriq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan berilgan edi. Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh bazalariga uyushtirilgan raketa zarbalarini AQShga tortilgan “tarsaki” deb atadi. Eronning dunyoviy hukumati esa AQSh tomonidan tajovuzkor harakatlar davom ettiriladigan bo‘lsa, bundan keyin ham “munosib javob choralari” tashkil etilishiga va’da berdi. Meduza nashri xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislarining Yaqin Sharqdagi yangi nizo qanday rivojlanishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Leonid Isayev

    Sankt-Peterburgdagi Oliy iqtisodiyot maktabining sharqshunoslik va afrikashunoslik departamenti dotsenti

    Vaziyatning keskinlashuvi mintaqadagi yangi katta nizoni keltirib chiqaradi, deb hisoblamayman. Uchinchi Jahon urushi haqida-ku umuman gap ham bo‘lishi mumkin emas. Urushni hech kim — AQSh ham, eronliklar ham xohlamayapti. Sulaymoniyga berilgan zarba bilan Tramp o‘tish mumkin bo‘lmagan qizil chiziqlar qayerda ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi va prezident saylovi kampaniyasi uchun yaxshigina ochko ishlab oldi. Ayni vaqtda, unga bo‘lajak saylovlar arafasida to‘la miqyosli urushning keragi yo‘q.

    Mavzuga doir: Ukraina samolyotining Tehrondagi halokati. Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga zarbasi. Asosiy ma’lumotlar

    Mamlakatdagi hozirgi vaziyat murakkab bo‘lsa-da (jahon jamoatchiligining ko‘z o‘ngida davlatning muhim shaxslaridan biri o‘ldirildi va bunga qandaydir javob berish kerak), urush Eronga ham kerak emas. Eronda tengma-teng javob berish uchun yetarli kuch yo‘q. Erondagi tuzum o‘ziga yarasha oqil, tengma-teng javob beriladigan bo‘lsa bu tuzum haqida o‘tgan zamonda gapirishga to‘g‘ri kelishini ular ham biladi.

    Eron tuzumi uchun eng asosiysi — munosabat bildira olishini ko‘rsatib qo‘yish. Eron ta’siri ostidagi Iroq parlamenti (Sulaymoniyning o‘ldirilishini qoralab va AQSh qo‘shinlarining Iroqdan olib chiqib ketilishini talab qilib) bayonot bilan chiqdi. Amerika bazalari tomon raketalar uchirildi — bu yerda eng muhimi raketalarni uchirish edi, ular yetib boradimi-yo‘qmi, boshqa masala. Ushbu qadamlarning bari Eronning imkoniyatlari cheklanganini tasdiqlaydi.

    Vaziyatning yanada yomonlashib ketishidan darak beruvchi alohida jihatlar yo‘q — vaziyat o‘zi shundoq beqaror. Provokatsiyalar shundoq ham bo‘ladi, o‘qqa tutishlar ham va so‘nggi o‘qqa tutishlarda (Amerika bazalariga berilgan raketa zarbalarida) favqulodda o‘ziga xoslik yo‘q. Eronliklar o‘z maqsadiga yetdi: ular munosib javob berilgani haqidagi shovqinni keltirib chiqara olishdi. Bu birinchi navbatda ichki iste’mol uchun mo‘ljallangan, toki xalqning ko‘z o‘ngida Eron davlati mag‘lubdek ko‘rinib qolmasin. Bazalarga qarata 30 talab raketalar uchirilgani ham muhim — oddiy odamlar va OAV uchun bu juda yetarli raqam. Agar zarbalar davomida Amerika fuqarolari halok bo‘lganida edi, Tramp jiddiyroq javob berishga majbur bo‘lardi. Lekin, o‘ylashimcha, eronliklar ham shunday hisoblashgan: ishqilib raketamiz amerikalikka tegmasin. Eron — Rossiya uchun yaxshi ko‘zgu, Eron tuzumida o‘zimizni ko‘rishimiz mumkin.

    Maksim Suchkov

    Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti katta ilmiy xodimi, Amerikaning Yaqin Sharq haqidagi Al Monitor nashri Rossiya versiyasi shef-muharriri

    Nazarimda, amerikaliklar Sulaymoniyning o‘limi uchun qandaydir yashirin —shoxlar, butalar ortidan hujummi, Eronning ittifoqchilari qo‘li bilan biror harakat qilinishinimi, xusiylarga qurol-yarog‘ yetkazib berilishinimi — shunga o‘xshash javob kutgandi. Javob esa yashirin emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ldi — eronliklar mana shu qo‘rs hujum uchun javobgarlikni o‘ziga oldi. Boz ustiga bu zarba ramziy ham bo‘ldi — u Sulaymoniy o‘ldirilgan soatda (besh kundan so‘ng) boshlanib, uning tanasi yerga topshirilganidan so‘ng tugadi. Hukumat ichki auditoriya uchun Eron o‘z yetakchilaridan birining o‘limi uchun javob bera olganini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Mintaqada uzoq vaqt muvozanat saqlanib turgan edi. Amerikalik harbiylarning fikricha, oxirgi vaqtlarda bu muvozanat AQShning zarariga buzilayotgan edi: Amerika bazalari va (Iroqdagi) elchixonasiga hujumlar uyushtirildi. Ular bir pog‘ona yuqori ko‘tarilib, eronliklarga bunday qilish joiz emasligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak edi. Ammo Sulaymoniyning o‘ldirilishi bilan bir emas, bir necha pog‘ona qimirlab ketdi.

    Eronliklar o‘zining ustun jihatlaridan foydalandi: ularning havo hujumidan mudofaa tizimi va aviatsiyasi kuchsiz, ammo raketa dasturi kuchli. Axborot urushi boshlandi — nishonga olingan bazalarda 80 nafar amerikalik harbiy o‘lgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Lekin bu xabarlarni tarqatayotganlarning bari ichki iste’mol uchun mo‘ljallangan Eron manbalari.

    Hozirgi vaziyat hatto qandaydir umid ham ulashadi — agar amerikaliklar Eronning bu zarbalariga javob berishni istaganida edi, bu ishni allaqachon qilgan bo‘lardi, ularda buning uchun barcha imkoniyatlar bor. Eronliklar ham to‘g‘ri tushuntirishga urinyapti: mana, biz qotillik uchun javob berdik, kelinglar, endi shu bilan tinchiylik. Agar amerikalik harbiylar o‘lganida edi, AQSh tomonidan bo‘ladigan javob shunchaki jiddiy bo‘lardi. Tramp og‘ir savdo oldida qolgan: bir tomondan u kuchli yetakchi bo‘lishi kerak, boshqa tomondan esa u birorta ham urush boshlamagan prezident imidjini saqlab qolishi lozim. AQShda mulohazali bir javob qaytarish uchun vaqt bor.

    Andrey Kortunov

    “Xalqaro masalalar bo‘yicha Rossiya kengashi” notijorat sherikligi bosh direktori

    Noan’anaviy vaziyat yuzaga keldi. AQSh qizil chiziqni bosib o‘tdi: Sulaymoniyning o‘ldirilishi — amalda davlat terrorchiligining o‘zginasi, amerikaliklar AQSh bilan urush holatida bo‘lmagan mamlakatning davlat arbobini yo‘q qildi. Eron buni javobsiz qoldirmasligi aniq edi. Bu ham milliy g‘urur masalasi, ham ichki siyosiy vaziyat oqibati, shuningdek, Trampning Erondagi yana 52 ta marrani (xususan, madaniyat meros obyektlarini) nishonga olish haqidagi gaplarini ham unutmaslik kerak.

    Biroq Eronning javobi umidbaxsh muhitni yuzaga keltirmoqda. Bu hisob-kitobli javob bo‘ldi. Eronliklar nizoning yanada keskinlashuvidan manfaatdor emas. Ikkita obyektga zarba berildi, biroq amerikaliklar o‘lgani yo‘q. Eron Amerika obyektlari uning raketalari uchun cho‘t emasligini ko‘rsatib qo‘ydi, javob berdi, ammo nizoning yanada chuqurlashuvini xohlamaydi.

    Endi to‘p AQSh tomonda. Qo‘shma Shtatlarning hozirgi ma’muriyati bor ekan, Amerika—Eron munosabatlarining iliqlashuvini kutish o‘rinsiz, albatta. Har ne bo‘lganda ham, keskinlashuv yuz berdi, biroq Eron tavakkalchilik oqibatlarini tushunib turibdi. Vashingtondagi odamlar ham hozir o‘ylayapti, deb umid qilaman. Trampga, mabodo urush boshlanib qoladigan bo‘lsa, saylovoldi kampaniyasi vaqtida AQShga oqib keladigan tobutlarning keragi yo‘q.

    Fyodor Lukyanov

    siyosatshunos, “Rossiya v globalnoy politike” jurnali bosh muharriri

    Hozir bari eronliklarning harakatiga nisbatan Tramp qanday javob tanlashiga bog‘liq. Umuman olganda, qasosga asoslangan mantiq juda xavfli, chunki qasosni boshqarib bo‘lmay qolishi mumkin. Bu yerda yana obro‘ masalasi ham bor: javob bermay ilojing yo‘q, boz ustiga har bir keyingi qadam avvalgisidan-da yodda qolarliroq bo‘lishi kerak. Shu yo‘sinda vaziyat battar keskinlashadi.

    Tramp asli jangchi emas, u urush prezidenti emas. U vahimali bayonotlar berib, musht ko‘rsatib qo‘yishni yaxshi ko‘radi, biroq prezidentligining o‘tgan uch yili davomida chindan ham kuch ishlatish kerak bo‘lgan o‘rinlarda o‘zini juda sipo tutdi. Suriyadagi obyektlarga berilgan namoyishkorona va katta zarar yetkazmaydigan zarbalarni hisobga olmasa (bu zarbalar qat’iyatni ko‘rsatib qo‘yish uchungina kerak edi, xolos), u so‘nggi lahzaga qadar har qanday harbiy harakatlar yoki urushni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyishga urindi.

    Eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan u — katta ehtimol bilan, Trampni bu qaror maqsadga muvofiq ekaniga ishontirishgan, bu uning tashabbusi emas — ko‘plab Amerika prezidentlari o‘zi xohlab-xohlamay kelgan vaziyatga tushmoqda. Hozir Trampning oldida vaziyatni keskinlashtirish kerakmi yoki yo‘q, degan tanlov turibdi. O‘z prinsiplari va instinktlariga ishonib, u yo‘q deyishi kerak. O‘sha gapni yana takrorlayman — u hech ham jangchi emas. Lekin, birinchidan, u qo‘rqoq bo‘lib ko‘rinishni istamaydi. Uning tushunchasi bo‘yicha qo‘rqoqdek ko‘rinish — bu Baraka Obamadek ko‘rinish. Bu uning uchun eng qo‘rqinchli narsa.

    Ikkinchidan, ma’lum bir mantiq bor: galma-gal tahdid qilishni boshladingmi, keyin gapingga javob berishing ham kerak. Tramp esa uncha-muncha mayda davlatga emas, balki xalqaro gegemon va o‘z manfaatlarini, agar imkoni bo‘lsa, o‘ta tajovuzkor usullari bilan o‘tkazishga o‘rganib qolgan mamlakat rahbari ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi. Shu bois uning shaxsiy qarashlari va nuqtai nazarlari Amerika siyosati mantig‘idan kelib chiqqan harakatlar qurboniga aylanishi mumkin.

    Vaziyat yanada keskinlashadigan bo‘lsa, urush boshlanishi ehtimoli ham oshadi, chunki Eron ham javob berishni boshlaydi. Menimcha, Eron endi o‘tgan oqshomdagi kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob zarbasi berish bilan emas, balki o‘n yillar davomida sinovdan o‘tkazilgan usul bilan — butun Yaqin Sharq bo‘ylab Amerika obyektlariga qarshi Eron harbiy kuchlari infratuzilmalarini qo‘llash orqali javob beradi, ya’ni qo‘poruvchilik urushini olib boradi.

    Bu usul uzoqqa borishi mumkin. Boshqa masala ham bor — Eron bilan to‘laqonli urush olib borish istagi Amerikada ko‘p yillardan beri bor va bu haqda ko‘p marotaba aytilgan, ammo bu urushni mutlaqo taxmin qilib bo‘lmasligini anglagan vaqting, istak o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Hatto Jorj Bush davrida amerikaliklar harbiy zarba berish g‘oyasiga har doimgidan ham yaqinroq kelishgan edi, ammo bu urush oxiri nima bilan tugashini hech kim aniq aytib bera olmagani uchun, bu g‘oyaning ro‘yobi keyinga qoldirilgandi. Hozir vaziyat nafaqat o‘zgarmagan, balki, aksincha, chuqurlashgan ham.

    Gevorg Avetikyan

    Sankt-Peterburgdagi Yevropa universitetining Xalqaro dasturlari boshlig‘i, “Tegeran 2020” Telegram-kanali muallifi

    Sulaymoniy o‘ldirilganidan turfa taxminlar ilgari surildi. Kuni kecha ham, Iroqdagi Amerika bazalariga raketa zarbalari berilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgunicha, eronlik yuqori martabali shaxslarning AQShga zarba berish bo‘yicha 13 ta ehtimoliy ssenariy tayyorlab qo‘yilgani haqida bayonotlari e’lon qilingan edi. Biroq bularning bari eronliklar AQSh bilan urush yo Eron hududida, yo Yaqin Sharqdagi qo‘shni mamlakatlar hududida sodir bo‘ladigan, ammo hech qachon AQSh hududiga ko‘chmaydigan mojaro ekanini tushunib turganini tasdiqlovchi gap-so‘zlardir. Bunday holatda eng birinchi bo‘lib eronliklarning o‘zi jabr ko‘radi. Kamida Eronning o‘zi urushni xohlamayotgani uchun. Ha, menimcha, AQSh ham xohlamayapti. Hozir guvohi bo‘lib turganimizdan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlar ehtimoli bor, deb o‘ylamayman.

    Bir tomondan hammasini Tramp yoki eronliklarning harakatlarini oldindan taxmin qilib bo‘lmasligiga to‘nkab qo‘yishni ham xohlamaysan, biroq buni ham e’tibordan chetdan qoldirib bo‘lmaydi. Hozircha Vashingtonning munosabati nisbata sokin — bu bir tomondan xavotirga solsa, boshqa tomondan umid ham beradi. Konspirologiya darajasida bir taxmin bor — bu taxmin bugun tongdan beri ham Eron, ham arab OAVlarida aylandi — AQSh minimal talofat yetkazadigan va qurbonlardan xoli, ayni vaqtda Eron tuzumiga “o‘z qiyofasini saqlab qolish” imkonini beradigan hujumdan yo boxabar bo‘lgan, yo shunday hujum bo‘lishini kutgan. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, u holda AQSh tomondan og‘izda keskin javob aytiladi, ammo haqiqiy oqibatlarni ko‘rmaymiz. Bu vaziyatning yumshashini bildirmaydi, ammo qisqa muddatil istiqbolda hammasi tinchib ketishi ham mumkin.

    Sulaymoniy bilan bog‘liq vaziyat esa ancha qiziqarli — u haqda 2012—2013-yillarda va so‘nggi ikki yildan beri nafaqat Eron va Rossiya OAVlarida, balki G‘arbda ham ko‘p yozishdi. U tirikligida ko‘plab eronliklarning u haqda tanqidiy fikrlar bilan chiqish qilishi imkoniyati ko‘proq edi. Chunki Islomiy inqilob muhofizlari korpusi va uning Sulaymoniy boshliq “Al-Quds” maxsus bo‘linmasiga munosabat Eron jamiyatining o‘zida birdek emasdi. Bu g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo, bir tomondan, Sulaymoniy juda mashhur qahramon edi, boshqa tomondan — kamida mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar nuqtai nazaridan, uning harakatlari Eronda ziddiyatli qarashlarni keltirib chiqarardi. Ko‘pchilik davlatdan tashqarida harbiy va maxfiy operatsiyalar uchun haddan tashqari ko‘p resurs sarflanayotganidan shunchaki norozi edi. O‘ylashimcha, Sulaymoniyning dafn marosimidan so‘ng hissiyotlar bosilgach, Eron javob zarbasi berib, qasos olish uchun 200 million dollar ajratgani haqidagi kechagi xabar jamiyatda sezilarli darajada salbiy kutib olinadi.

    08.01.2020, 20:37   Izoh (0)   48675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Starlink global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi

    08.01.2020, 18:58

    NATO davlatlari AQShning Eron hujumiga javobini kutmoqda

    08.01.2020, 18:26

    Eron Yaqin Sharqdan AQShning “izini quritishga” va’da berdi

    08.01.2020, 17:01

    Avstraliyada suv yetishmovchiligi tufayli 10 ming tuyani o‘ldirishga qaror qilindi

    08.01.2020, 16:14

    Ukraina samolyotining Tehrondagi halokati. Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga zarbasi. Asosiy ma’lumotlar

    08.01.2020, 14:01

    Eron AQSh prezidentining rejalarini harbiy jinoyatlar deb atadi

    08.01.2020, 13:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.