Ichki ishlar organlari va boshqa huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 7-yanvar kuni Namangan viloyati hududida tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tezkor-tergov tadbirlari davomida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik guruhlari emissarlarining ta’siriga tushib, qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan chet mamlakatlarga chiqib ketishni rejalashtirgan bir necha fuqaro aniqlandi.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bir nechta yashash manzillarida tintuv o‘tkazildi va ushbu fuqarolar tergov jarayoniga jalb etildi.
Ushbu jarayonda mazkur shaxslar uyali telefon xotirasida taqiqlangan ekstremistik materiallarni saqlab kelayotganligi va ularni yashirin tarzda tarqatayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)