Bugun, 8-yanvardan 9-yanvargacha O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi bo‘lishi mumkin, deb ogohlantiradi FVV matbuot xizmati.
Shu jumladan, 8-yanvar mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 9-yanvar soat 08:00 gacha Chimyon tog‘ zonasida ko‘chki xavfi e’lon qilingan.
Dam oluvchilardan “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslik so‘raladi.
Izoh (0)