• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar joriy etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni qurilish sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, mamlakatda bunyodkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma obyektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun malakali quruvchilar, bilimli loyihachilar, barqaror tashkilotlar kerak.

    Yig‘ilishda qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

    Masalan, O‘zbekistonda 22 mingga yaqin qurilish-pudrat tashkiloti bo‘lib, ularning aksariyatida ishchilar soni va kasb malakasi to‘g‘risida ma’lumot yuritilmaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hududlardagi barcha qurilishlar yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlariga topshirib qo‘yilgani ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribada qurilish xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilinsa, O‘zbekistonda barcha kuch va resurslar jarayonni nazorat qilishga sarflanib, sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.

    Davlat rahbari sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uni zamonaviy asosda rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.

    Loyiha institutlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy tajriba asosida tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish, bu borada elektron tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Qurilish, Moliya, Adliya vazirliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga joriy yil 1-iyulgacha qurilish korxonalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Ushbu reytingda ishchilar soni va malakasi, bajarilgan ishlar hajmi, soliq va kreditlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kabi mezonlar o‘z aksini topadi.

    Prezident shaharsozlik normalari va qoidalarini hamda yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sohada axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, loyihalarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilishga ruxsat berish, qurilish-pudrat ishlarini masofaviy nazorat qilish jarayonlari haligacha qog‘ozda bajarilyapti. Investor va tadbirkorlar uchun qayerda nima qurish mumkinligi haqida ma’lumot beruvchi geoinformatsion tizim yo‘lga qo‘yilmagan.

    Shu bois yig‘ilishda Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuklatildi.

    Sohada texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmayotgani, “risk-analiz” tizimi va nazorat yo‘qligi oqibatida baxtsiz hodisalar yuz berayotgani qayd etildi. Tegishli vazirlik va idoralarga qurilish sohasida davlat nazoratini butunlay yangicha asosda tashkil etish, mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbari qurilish sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimi bugungi kun talabiga javob bermasligini ta’kidladi.

    Mehnat vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qurilish sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari va ishchi kasblar klassifikatorini joriy qilish hamda unga muvofiq kollejlarda quruvchilar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

    Sohaga oid ta’lim dasturlarini yuqori texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida yangidan ishlab chiqish, bo‘lajak kadrlarni zamonaviy loyihalash va dasturiy ta’minot, xususan, BIM (Building Information Modeling) texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish kerakligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar hisobot berdi, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

    07.01.2020, 20:27   Izoh (0)   17495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

    07.01.2020, 20:11

    Qashqadaryoda Yangi yil archasidagi yong‘in nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

    07.01.2020, 19:56

    O‘zbekistonda 8-yanvar kuni ob-havo sovuq va tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    07.01.2020, 19:09

    Ohangaronlik ayol 3 oylik farzandini 400 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi

    07.01.2020, 18:55

    DXX Chegara qo‘shinlari o‘zbek—qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan mojaro tafsilotlarini ma’lum qildi

    07.01.2020, 18:23

    Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilgan er u yerda ishlovchi erkakni chavaqlab tashlagani yuzasidan MTV rasmiy axborot berdi

    07.01.2020, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.