• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Ushbu asarni talabalik davrimda, asar qahramoni Xoldendan to‘rt yosh kattaligimda o‘qiganman. Asarda o‘zimni ko‘rganman. Albatta, har bir o‘spirin va endi balog‘at yoshiga kirib kelgan qiziqqon va to‘polonchi yigit Xolden siymosida o‘zini ko‘rishi aniq.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Roman menda katta taassurot qoldirgan. Muammolarimning sabablarini va ular ortidan kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni kaftday namoyon qilib bergan. Roman kimnidir to‘polonchilikni davom ettirishga undasa, kimgadir o‘zini bosib olish uchun ko‘zgu vazifasini o‘tashi mumkin. Menda ikkinchisi bo‘lgan edi.

    Asar haqida

    “Javdarzordagi xaloskor” – amerikalik yozuvchi Jerom Selinjerning romani. Unda muallif Xolden ismli o‘spirin bola nomidan Amerika haqiqatini chuqur anglashi, zamonaviy jamiyatning umumiy qonuniyatlari va axloqini rad etishi haqida ochiq gapiradi.

    Asar yoshlar va kattalar orasida juda mashhur bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmida dunyo madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Roman deyarli barcha yirik tillarga tarjima qilingan. 2005-yilda Time jurnali romanni 1923-yildan beri ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlari ro‘yxatiga kiritgan.

    Syujet

    Roman 16 yoshli o‘smir Xolden Kolfild nomidan yozilgan. Xolden 1949-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirib beradi. Bosh qahramonni Pensi maktabidan qoniqarsiz baholari uchun haydashadi. U qilichbozlik guruhining kapitani sifatida Nyu-Yorkka musobaqaga boradi. Ammo sport jihozlarini metro vagonida unutib qo‘ygani sababli uning guruhi musobaqada ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi.

    Xolden maktabdan haydalgani haqida ota-onasiga xabar bermay, qishki ta’tilgacha qolgan bir necha kunni Nyu-Yorkdagi mehmonxonalarning birida o‘tkazishga qaror qiladi.

    Bir kuni u mehmonxonani tark etib, nonushta qilish uchun restoranga kiradi. U yerda Xolden ikki rohiba bilan tanishib qoladi. Ularning biri adabiyot muallimasi bo‘lgani uchun Xolden o‘qigan kitoblari haqida so‘z yuritadi. Xususan, ular “Romeo va Julyetta” asarini muhokama qiladi.

    Nonushtadan so‘ng Xolden singlisi uchun “Kichkintoy Sherli Binz” nomli plastinkani xarid qilish maqsadida musiqa do‘koniga boradi. Yo‘lda bir notanish bola qo‘shiq kuylab yurganini eshitib qoladi. Bu qo‘shiqda “Agar sen kimnidir javdarda, tunda ushlagan bo‘lsang…” degan ibora mavjud edi. Qo‘shiq Xoldenning kayfiyatini ozgina bo‘lsa ham ko‘taradi.

    Xolden dugonasi Salli bilan spektaklga boradi. Aktyorlarning mahorati tomoshabinlarni g‘oyat zavqqa solgan bo‘lsa-da, Xoldenni pyesa qoniqtirmaydi.

    Spektakldan so‘ng ular yaxmalakka boradi. U yerda ular janjallashib qoladi.

    Kechga yaqin Xolden maktabdagi tanishi Karl Lyuisni uchratib qoladi. Lyuis o‘zini doim takabbur tutuvchi talaba edi. Xoldenning gaplarini eshitib, unga psixoanalitikka murojaat etishni maslahat beradi.

    Bir o‘zi qolib, Xolden markaziy tomoshabog‘ga yo‘l oladi. Qish faslida ko‘l bo‘yidagi o‘rdaklar qayerga g‘oyib bo‘lishi uni doim qiziqtirar edi. Yo‘lda Xolden bilmagan holda singlisining musiqiy plastinkasini sindirib qo‘yadi.

    Xolden uyga borib kelishga qaror qiladi. Uning omadi keladi, uyda singlisi Fibidan tashqari hech kim bo‘lmaydi. Xolden singlisiga orzulari haqida gapirib beradi. U notanish bolaning qo‘shig‘ini ham eslaydi.

    Kutilmaganda ularning ota-onasi uyga qaytib keladi. Xolden ular bilan uchrashishga ruhan tayyor bo‘lmagani uchun bekinib uydan chiqib ketadi.

    Tunni o‘tkazish uchun Xolden maktabdagi adabiyot ustozi mister Antolinining xonadoniga boradi. Muallim Xoldenni xushmuomalalik bilan kutib olib, uning muammolarini muhokama qilishga tushadi.

    Tong otganda Xolden G‘arb tomon jo‘nab ketishga qaror qiladi. Xolden hatto singlisiga maktub yozib qoldiradi. Bu maktubda u Fibi bilan uchrashish niyatida ekanini xabar qiladi. Fibi akasining rejalarini eshitib, u bilan birga ketmoqchi bo‘ladi. Lekin Xolden uning iltimosini rad etadi. Fibini bu xabar g‘amga soladi. Singlisiga rahmi kelib, Xolden uydan ketish niyatidan qaytadi. Fibi bilan yarashib olish maqsadida uni markaziy tomoshabog‘dagi hayvonot bog‘iga olib boradi. U yerda ot o‘yini ishlayotgan bo‘ladi. Xolden singlisini unda uchib ko‘rishga ko‘ndiradi. Birdan jala quyib yuboradi. Roman oxirida Xolden yomg‘ir ostida qolib ketganidan qat’iy nazar singlisining ot o‘yinida uchayotganini zavq bilan tomosha qilib, nihoyat o‘zini baxtiyor his etadi.

    Epilogda esa Xolden bu hodisalardan keyin sodir bo‘lgan voqealar haqida qisqacha gapirib beradi.

    Tahlil

    Asar bizga o‘spirinlikdan balog‘atga o‘tish bosqichida bo‘lgan yosh yigit Xolden Kolfildning atigi ikki kunda ro‘y bergan hikoyasini tasvirlaydi. Bolalikni ideal tasavvuriga yopishib olish bilan birga, yetuklikka nisbatan istak va ulg‘ayish oldidagi qo‘rquv orasida yurish shu yoshda qiyinchiliklarga duch keladigan inson hayotining murakkab bosqichidir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Roman davomida Selinjer taksistlar, rohibalar, sayyohlar, sobiq sinfdoshlar va boshqalar bilan o‘nlab uchrashuvlar orqali Kolfild izidan borib, hayratda qoldiradigan tushunchalarni aytib beradi.

    Aytish mumkinki, Kolfild o‘zining boshqalarga ta’sirini sezmaydi va jamiyatning ijtimoiy me’yorlariga moslashishdan bosh tortadi, barcha urinishlarda omadsizliklarga yuz tutgan holda o‘zini himoya qilish uchun psixologik jihatdan ijtimoiy anarxist qiyofasini qabul qiladi.

    Xolden Kolfild hamma narsadan kattalar dunyosida topadigan yolg‘onga qarshi haqiqatni qidiradi.

    Xolden o‘zining hissiy va qo‘pol munosabatlarini, boshqalar bilan bo‘lishishni va ayniqsa  ba’zi vaziyatlarda kattalar o‘zini qanday tutishi haqida tushunchalarga ega bo‘lishni istaydi. Uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan uchrashuvlari boshqalar tomonidan sovuq kutib olinadi, chunki u o‘zini g‘ayritabiy tutish orqali xatti-harakatlardan zavqlanib, odatda boshqa odamlar unga nisbatan g‘azablanmaguncha noo‘rin qarorlar chiqaraveradi. Yuqorida aytib o‘tganimday, bunda adib o‘smirlik yoshidan yetuklikka o‘tish juda qiyinchiliklar orqali bo‘lishi mumkinligini chiroyli yoritadi.

    Ammo siz bilan menda ham va albatta qahramonimiz Xolden Kolfildda ham o‘sib-ulg‘ayishdan va kattalar dunyosiga kirishdan bosh tortish ertami kechmi muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir.

    Xoldenning ismi ham ahamiyatlidir: Inglizcha hold so‘zini “ushlash” deb tushinish mumkin. “Javdarzordagi xaloskor (ushlab qoluvchi)” nomi aslida ingliz tilida ajoyib ma’noga ega ibora. Rus tilida bu asar “Nad propastyu vo rji” (Javdarzordagi jarlik uzra) deb nomlansa-da, hech bir til uning asl ma’nosini ingliz tilichalik ochib bera olmaydi nazarimda. Chunki asarning nomi buyuk ingliz klassik shoiri Robert Byornsning Comin’ Thro’ the Rye deb nomlangan she’ridan olingan bo‘lib, u bolalarning beg‘uborligini saqlashni istagan bosh qahramonlarning ramzini anglatadi. Unda bolalarni jarlikka tushib ketishidan himoya qiluvchi insonlar haqida so‘z boradi.

    “Javdarzordagi xaloskor” romanining mag‘zi sifatida bolalik beg‘uborligini erta yo kech yo‘qotishimiznini tushunishimiz mumkin. Xolden “javdarzor xaloskori” bo‘lib, bolalarni jarlikdan tushib ketishdan saqlashni xohlaydi, buni esa balog‘atga yetish yoki unga kirish uchun metafora sifatida tushunsa bo‘ladi.

    Xolden romanning bosh qahramoni va hikoyachisidir. U hozirgina maktabdan qobiliyatsizligi uchun haydalgan o‘n olti yoshli aqlli va juda sezgir bola. Hikoyasida Xolden atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga zerikish bilan qaraydi. Uning dunyoga va jamiyatga nisbatan nuqtai nazari o‘ta tanqidiy va salbiy bo‘lgan bir paytda ikkiyuzlamachiliklarga to‘la jamiyat tubida rivojlanayotganini payqaydi. Unga bu yoqmaydi, bu uni asabiylashtiradi.

    Ba’zi adabiyotshunoslar Selinjer qahramonining xarakterini, uning dardini va ko‘ngilsizliklarining sabablarini Xoldening sinizmi bilan bog‘lamoqchi bo‘lganini ta’kidlaydi. Biroq, fikrimcha, Xoldenning atrofdagi odamlarga nisbatan tanqidlari avvalo uning o‘ziga qaratilgan. Zaif tomonlaridan o‘zini noqulay his qilishi va buni ba’zan shu sabab yolg‘on, bema’nilik va yuzakilikni namoyon etishidan payqash qiyin emas. O‘zi joylashgan jarlikni hayotiy tajribasi kamligi tufayli muvaffaqiyatli talqin qilishning imkoni yo‘qligi uni hissiy qulash yoqasida qoldiradi.

    Xulosa

    Roman qahramoni – bolalikdan balog‘at yoshiga o‘tish davriga duch kelgan o‘spirin. Bizning hayotiy vaziyatda Xolden maktabni bitirgan kollejning birinchi kurs talabasi bilan teng yoshda. Hozirgi yoshlardan farqli o‘laroq, roman bosh qahramoni va undagi boshqa qahramonlar biz “ijtimoiy jihatdan namuna bo‘lgan yuksak ma’naviyatli yoshlar” deb atashimiz mumkin bo‘lgan model emas. Bu haqiqat esa o‘quvchini qahramonlarning xatti-harakatlari va fikrlarini o‘zi uchun baholashga majbur qiladi, shu bilan matnni mulohaza qilmasdan shunchaki “yeb yuborish”dan saqlaydi.

    Romanda biz ko‘r-ko‘rona ishonish kerak bo‘lgan bir qator qadriyatlarning ekspozitsiyasini topmaymiz, ammo romandagi asl mag‘zni chaqqan normal sharoitdagi yoshlarning hayoti va muammolari uchun ushbu roman haqiqiy ekzistentsial psixoterapiyaga aylanadi. Roman juda intensiv dinamikaga ega emas, chunki unda bir nechta kichik voqealardan tashqari dinamik rivojlanish borasida deyarli hech narsa yo‘q. Romanning bu xususiyati oddiy kitobhonlarni o‘rganmagan adabiyot janriga moslashishi uchun yaxshi vositaga aylanadi.

    Iqtiboslar

    Biror kishi vafot etgani sababli o‘zimizni uni sevishni to‘xtata olmaymiz, ayniqsa u barcha tiriklardan yaxshiroq bo‘lsa, bilasizmi?

    Bunday kitoblar meni hayratga soladi, chunki siz ularni oxirigacha o‘qib bo‘lgach, darhol o‘ylaysiz: qaniydi bu yozuvchi mening eng yaqin do‘stim bo‘lsa-yu va u bilan xohlagan paytda telefonda gaplashsam;

    Har doim biror kimga “siz bilan tanishganimdan xursandman” deyman. Aslida men bundan umuman xursand emasman. Ammo odamlar bilan yashashni istasangiz, buni aytishga majbursiz;

    Kun keladi va qayerga borishni o‘zingiz hal qilishingiz kerak bo‘ladi. Shunda zudlik bilan o‘zingiz qaror qilgan joyga borishingiz kerak. Darhol. Bir daqiqani yo‘qotishga ham haqqingiz yo‘q. Sizga bu mumkin emas.

    Qiziqarli faktlar

    - Selinjer “Javdarzordagi xaloskor” romanini Ikkinchi jahon urushi paytida Normandiyaga tushirilgan desant tarkibida bo‘lganida yozgan;

    - Xolden asar davomida Xemingueyning “Alvido, qurol!” romani haqida yomon fikr bildirganiga qaramay, Selinjer va Xeminguey hayotda do‘st bo‘lgan, bir-birining ishlarini hurmat qilgan va hatto doimiy yozishmalar olib brogan;

    - ko‘pchilik “Javdarzordagi xaloskor” romani Jon Lennonning qotili Mark Chapmanning sevimli kitobi bo‘lgani haqida eshitgan, ammo yana bir nechta mashhur jinoyatlar ham bu kitob bilan bog‘liq. Masalan, 1981-yilda roman fanati bo‘lgan Jon Xikli AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirishga uringan.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida

    Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?

    Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida

    Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida

    Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida

    Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida

    “Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman

    “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida

    Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida

    “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida

    “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida

    07.01.2020, 21:31   Izoh (0)   48321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.