Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziya poytaxti Jakarta va unga yaqin hududlarda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 66 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Indoneziya hukumati fuqarolarga yanada kuchli yog‘ingarchiliklarga tayyor turishni tayinladi. Bunga qadar yomg‘ir suv toshqinlari va ko‘chkilarni yuzaga keltirgan edi. Aholidan noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan ko‘chmas mulklarini ehtiyot qilish choralari ko‘rish so‘raldi. Hozirga qadar 35 ming kishi evakuatsiya qilingan. Ayrim tumanlarda suv toshqini uch metrgacha ko‘tarilgan.

Mazkur toshqinlarda 47 kishi halok bo‘lgan 2013-yilgi tabiiy ofatlardan keyingi eng yirigi hisoblanadi. Indoneziyadagi favqulodda ob-havo sharoitlari 7-yanvarga qadar cho‘zilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi