Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning jasadi dafn marosimini o‘tkazish uchun Kirmon shahriga olib kelindi, deb xabar beradi IRNA.
Ushbu shahar Eron janubi-sharqida joylashgan.
Davlat televideniyesi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali Kirmon ko‘chalarida minglab odamlar to‘planganini ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati — qora kiyimda.
General Sulaymoniy Iroq sharqidagi Rabor tog‘li qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, Kirmon shahrida qurilishda ishlagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)