Toshkent shahrining 2020-yilgi budjeti 3,5 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “Soliq plyus” nashri.
Hokimlik matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 2019-yilgi budjet yetarlilik qilgan. Ta’kidlashlaricha, ijtimoiy soha va kapital qurilishga — yangi yo‘llar, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari va maktablar qurishga katta mablag‘ sarflanmoqda. Qo‘shimcha qilinishicha, poytaxt hokimligi shahar mulkini ijaraga berishdan har yili 20 milliard so‘mdan ziyod daromad oladi.
2019-yilda hokimlik tomonidan Sergeli va Yashnobodda 15 972 xonadonga ega 350 ta turar joy (2018-yilga nisbatan 90 taga ko‘proq) qurilgan. Sergelidagi uylar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun, Yashnoboddagilari esa harbiy xizmatchilar, yoshlar va Milliy gvardiya xodimlari uchun qurilgan.
Qayd etishlaricha, Toshkentda bo‘sh yer maydonlari yo‘q, faqat u yoki bu subyektlarga tegishli, samarasiz foydalanilayotgan yoki umuman foydalanilmayotgan yer maydonlari bor. Bu yerlarning samaradorligini oshirish uchun loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Izoh (0)