Segway kompaniyasi tuxum shaklidagi o‘z-o‘zini balansda ushlab turadigan elektr kapsulasi S-Pod taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu ixtironing avvalgi Seway’ning avvalgi modellaridan asosiy farqi devaysni boshqarishda turib harakat qilish yoki tanani egish talab qilinmaydi. Bu haqda The Verge xabar bergan.

Foto: Segway

S-Pod foydalanuvchiga harakatlanish vaqtida o‘tirish imkoni beriladi, u tezlikni boshqarish va harakat yo‘nalishini belgilashda kursining o‘ng tomoniga joylashtirilgan kichik joystikdan foydalanadi. Kapsula harakat yo‘nalishini bir joyda turgan yerida ham o‘zgartirishi mumkin.

S-Pod soatiga 38 kilometr tezlikga chiqa oladi, lekin kapsulaning bitta akkumulyator quvvati bilan qancha masofani bosib o‘ta olishi haqida Segway vakillari tomonidan aniq ma’lumot berilmagan. Yangi qurilmaning katta anonsi 2020-yil uchinchi choragida o‘tkaziladi, shundan keyin uni sotuvga chiqarish boshlanadi. Qurilmaning narxi ham oshkor etilmagan.

S-Pod injenerlarini 2015-yilda katta ekranlarga chiqqan “Yura davri olami” filmidagi girosfera ilhomlantirgan.