• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda Girls Do Porn studiyasi ayollarni pornoda suratga tushishga majburlagan. Sud 22 jabrlanuvchiga 13 mln dollar to‘lashni talab qildi

    Kaliforniya sudi 2-yanvar kuni San-Diyegodagi Girls Do Porn studiyasiga 22 nafar amerikalik ayolga 12,7 million dollar miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi, deya xabar bermoqda Meduza. Vice’ning yozishicha, studiya bu ayollarni aldov va qo‘rqitish yo‘li bilan pornofilmlarda suratga tushishga majburlagan. Sud qarorida aytilishicha, ayollar 297 ming dollardan 547 ming dollargacha bo‘lgan miqdorda kompensatsiya puli olishi kerak. Maksimal miqdordagi tovon puli (547 ming dollardan) yetti nafar ayolga beriladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Ayollar Girls Do Porn bilan ilk bor 17—22 yosh oralig‘ida aloqaga chiqqan. Ular modellar ishga olinishi haqidagi e’lonlar orqali studiya bilan hamkorlik qila boshlagan. Ayollar AQShning turli shtatlaridan San-Diyegoga olib kelingan. Ularning har biri bilan suratga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan, biroq, da’vogarlarning ta’kidlashicha, ularning ayrimlariga shartnomani imzolashdan avval alkogol va narkotiklar taklif qilingan, boshqalariga esa, ular shartnomani imzolashni rad etganida, tahdid qilingan.

    Da’vogar ayollarning ta’kidlashicha, studiya xodimlari ularni aldagan va chalg‘itgan. Kompaniya bu ayollar ishtirokidagi filmlarni internetga chiqarmaslikka, filmlar faqat boshqa mamlakatlarda yashaydigan kolleksionerlar orasida DVD’da tarqatilishiga va’da bergan. Shuningdek, ayollarga ularning shaxslari oshkor etilmasligi ham aytilgan. Aslida esa, Vice’ning yozishicha, studiya olingan filmlarni eng yirik pornosaytlarga chiqargan — aksariyat filmlar millionlab marta ko‘rilgan. Ayollarning ism-shariflari esa video ostidagi kommentlarda, shuningdek, doksingga (inson haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishga) bag‘ishlangan saytlarda e’lon qilingan. Sudning fikricha, Girls Do Porn ayollarning haqiqiy ismlarini oshkor etishda, xususan, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga havolalarni e’lon qilishda qatnashgan.

    Filmlar e’lon qilingach, ayollar ta’qibga uchragan. The Washington Post’ning yozishicha, bu ayollar ishtirokidagi pornoroliklar ularning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, qalliqlari, murabbiylar va ruhoniylariga yuborilgan. Shundan so‘ng bu ayollar AQShning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga, ismlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Videolar tarqalgach, kamida bir ayolning oilasi u bilan muloqot qilishdan bosh tortgan. Ayrim jabrlanuvchilar o‘z joniga qasd qilishga ham uringan.

    Sudda chiqish qilarkan, Girls Do Porn kompaniyasi vakillari bu ayollar kattalar uchun mo‘ljallangan filmlarda suratga tushishini oldindan bilgani va videoroliklarni tarqatishga ruxsat beruvchi shartnomalarga qo‘l qo‘yganini ta’kidlagan. Sud bu iddaoni rad etib, ayollarga shartnomalarni o‘qib chiqish uchun vaqt berilmaganini ko‘rsatib o‘tgan. Sudya kompaniya asoslangan shartnomalarni haqiqiy emas, deb topgan.

    Sudda 22 ayolning manfaatlarini himoya qilgan advokat Edvard Chapinning so‘zlariga ko‘ra, mijozlari sud jarayoni natijasidan mamnun. “Ular 12,7 million dollar uchun xursand bo‘layotgani yo‘q. Ularni quvontirayotgan jihat — sud bu ayollarni himoya qildi, ularning da’volari va kechmishlarini tan oldi. Va nihoyat bu ayollar kimdir ularning dardini eshitganini his qildi, chunki ular uyalayotgan edi, odamlar ularning ustidan kulib, ta’qib qilayotgandi”, — dedi advokat The Washington Post bilan suhbatda.

    Sud qaroriga ko‘ra, Girls Do Porn da’vogarlarga ular ishtirokidagi barcha foto va videolarni, shuningdek, ushbu materiallar uchun mualliflik huquqlarini qaytarib berishi lozim. Filmlarning aksariyati hamon internetda ochiq foydalanuvda turibdi, biroq Pornhub 2019-yil oktabridayoq roliklarni o‘chirib tashlaganini bildirgan edi.

    AQSh Federal tergov byurosi Girls Do Porn studiyasiga nisbatan alohida o‘z surishtiruvini olib bormoqda. 2019-yil oktabrida kompaniya egalaridan biri 37 yoshli Metyu Isaak Volf va 31 yoshli pornoaktyor Ruben Andre Garsia qo‘lga olingan. Ular odam savdosida ayblanmoqda. Kompaniyaning yana bir egasi — 37 yoshli Maykl Jeyms Pratt esa AQShdan chiqib ketgan. Ularning bari umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

    06.01.2020, 08:19   Izoh (0)   92874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keniyada “Ash-Shabob” terrorchilari hujumi oqibatida AQSh harbiysi halok bo‘ldi

    06.01.2020, 07:55

    Erdo‘g‘on turk harbiylarini Liviyaga jo‘natish boshlanganini e’lon qildi

    06.01.2020, 07:43

    Venesuela hukumati parlamentning yangi rahbari saylanganini e’lon qildi. Muxolifat buni to‘ntarish deb atadi

    06.01.2020, 07:22

    Fransiyada bir haftada ikkinchi marta pichoq ko‘targan shaxs “Allohu akbar” deya baqirib, politsiyachilarga tashlandi

    06.01.2020, 07:10

    Eron yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqqanini e’lon qildi

    06.01.2020, 06:52

    Bag‘dod yana raketa zarbasiga uchradi

    06.01.2020, 06:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.