“Toshkent—Shahrisabz—Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Kitobdagi Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismlarida 4-yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyati keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu bois avtomobil yo‘lining mazkur dovondan o‘tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta’minlangunga qadar avtotransport vositalarining A-378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘li orqali harakatlanishi tavsiya qilingan.
Izoh (0)