Iroqdagi shialarning “Xalq safarbarligi kuchlari”ga qarashli avtokolonna Bag‘dod shimolidagi lager yaqinida aviazarbaga uchradi, deb xabar beradi Reuters.
Hujum oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi og‘ir jarohat olgan.
Agentlik manbasiga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan 01:12 da amalga oshirilgan. Kolonnadagi uchta avtomobildan ikkitasi ichidagi olti nafar ko‘ngilli askar bilan yonib ketgan.
Keyinroq aviazarba amalga oshirilganini Iroq davlat televideniyesi ham tasdiqlagan. Zarba AQSh tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3-yanvarga o‘tar kechasi AQSh tomonidan Bog‘dod aeroportiga berilgan aviazarba oqibatida “Al-Quds” maxsus bo‘linmasining rahbari general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi. Pentagonning ma’lum qilishicha, Sulaymoniy amerikalik diplomatlarga qarshi hujum uyushtirishni rejalashtirgan, shuningdek, amerikalik “yuzlab harbiylarning” o‘limiga javobgar bo‘lgan. Sulaymoniyning o‘ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko‘tarildi, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)