2-yanvar kuni soat 16:00 larda Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan o‘tgan yo‘lda Lacetti va Nexia avtomobillari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
“To‘raqo‘rg‘on—Namangan—Chortoq—Laskidon” avtomobil yo‘lining 45-kilometrida 51 yoshli fuqaro Lacetti rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
Nexia haydovchisi Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan S.R. bo‘lgan.
YTH oqibatida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.
Izoh (0)