Sudanda An-12 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida 18 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Sudan armiyasi vakiliga asoslanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.
Armiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida ekipajning yetti nafar a’zosi va 11 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Aviahalokat 2-yanvar oqshomida G‘arbiy Darfur viloyatida yuz bergan. Samolyot havoga ko‘tarilganidan besh daqiqa o‘tib qulagan.
Xabar berishlaricha, samolyot Sudandagi namoyishlar vaqtida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordamini olib ketayotgan edi. Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlari boshlangan.
Izoh (0)