Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FOX Sports nashri Osiyoning 2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini ma’lum qildi.

Foto: FOX Sports

Foto: FOX Sports

Unga ko‘ra, Janubiy Koreya terma jamoasi va “Tottenhem” klubi hujumchisi Son Hyon Min Osiyoda yil o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Son jami 258 ochko bilan ro‘yxatda birinchi bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni “As-Sadd” vakili qatarlik Akrom Afif (114 ochko) egalladi. Mavsumni “Zalsburg”da o‘tkazib, yanvardan “Liverpul”ga o‘tgan Takumi Minamino 90 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 10 ochko bilan ro‘yxatning 13-pog‘onasidan joy olgan. Toshkentning “Lokomotiv” klubi va Turkmaniston terma jamoasi futbolchisi Arslomurot Amanov 24-o‘rinda qayd etilgan.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

1) Son Hyon Min (“Tottenhem”) — Janubiy Koreya: 258 ochko2) Akram Afif (“As-Sadd”) — Qatar: 1143) Takumi Minamino (“Zalsburg”/“Liverpul”) — Yaponiya: 904) Almoiz Ali (“Ad-Duhayl”) — Qatar: 645) Sardor Azmun (“Zenit”) — Eron: 586) Bafetimbi Gomis (“Al-Hilol”) — Fransiya: 497) Vu Ley  (“Espanyol”) — Xitoy: 298) Salim ad-Dosari (“Al-Hilol”) — Saudiya Arabistoni: 269) Bag‘dod Bunedja (“As-Sadd”) — Jazoir: 1510) Paulinyo (“Guanchjou Evergrand”) — Braziliya: 14

13) Eldor Shomurodov (“Rostov”) — O‘zbekiston: 10

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi
Dunyo
Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgani ma’lum bo‘ldi