FOX Sports nashri Osiyoning 2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Janubiy Koreya terma jamoasi va “Tottenhem” klubi hujumchisi Son Hyon Min Osiyoda yil o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Son jami 258 ochko bilan ro‘yxatda birinchi bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinni “As-Sadd” vakili qatarlik Akrom Afif (114 ochko) egalladi. Mavsumni “Zalsburg”da o‘tkazib, yanvardan “Liverpul”ga o‘tgan Takumi Minamino 90 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 10 ochko bilan ro‘yxatning 13-pog‘onasidan joy olgan. Toshkentning “Lokomotiv” klubi va Turkmaniston terma jamoasi futbolchisi Arslomurot Amanov 24-o‘rinda qayd etilgan.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1) Son Hyon Min (“Tottenhem”) — Janubiy Koreya: 258 ochko2) Akram Afif (“As-Sadd”) — Qatar: 1143) Takumi Minamino (“Zalsburg”/“Liverpul”) — Yaponiya: 904) Almoiz Ali (“Ad-Duhayl”) — Qatar: 645) Sardor Azmun (“Zenit”) — Eron: 586) Bafetimbi Gomis (“Al-Hilol”) — Fransiya: 497) Vu Ley (“Espanyol”) — Xitoy: 298) Salim ad-Dosari (“Al-Hilol”) — Saudiya Arabistoni: 269) Bag‘dod Bunedja (“As-Sadd”) — Jazoir: 1510) Paulinyo (“Guanchjou Evergrand”) — Braziliya: 14
…
13) Eldor Shomurodov (“Rostov”) — O‘zbekiston: 10
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)