O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli etib Alisher Babayev tayinlandi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Bungacha ushbu lavozimda Jahongir Irgashev ishlab kelayotgan edi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi 2018-yil martida ochilgan. Ushbu konsullik Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)