• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Yangi yilga Qorbola shaklidagi asteroid. Ebola endi davolanadi. 2019-yili jahon fani erishgan beshta eng muhim yutuq

    Yakunlanib borayotgan 2019-yil ilm-fan olamida ham bir necha katta hodisalar, amaliy va nazariy yutuqlar bilan yorqin iz qoldirmoqda. Yakunlanayotgan yilning eng muhim ilmiy-texnologik yutuqlari haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov hikoya qiladi.

    Avvalo, 2019-yilning eng birinchi kuni – 1-yanvar sanasiyoq bizga ajoyib ilmiy natijani taqdim etdi. O‘sha kuni, inson qo‘li bilan yasalgan kosmik apparat “dunyoning narigi chekkasi”ga yetib borgan kuni bo‘ldi. Hayron bo‘lmang, “dunyoning narigi chekkasi” deganda bu o‘ringa ko‘chma ma’no qo‘llanilmoqda va bu (486958) Arrakot transneptun asteroidining norasmiy nomidir. Xalqaro ilmiy manbalarda Ultima Thule, ya’ni “dunyoning narigi chekkasi” deb qayd etiladigan ushbu asteroid 2014-yilda “Xabbl” teleskopi orqali kashf etilgan edi. Ushbu asteroidga aynan yil boshidagi birinchi sanada “Yangi gorizontlar” sayyoralararo avtomat kosmik zondi 3 500 kilometrgacha yaqinlashdi va uning eng tiniq tasvirlarini Yerga yubordi. 1-yanvar, Yangi yil kuni va hammada yangi yil kayfiyati hukmron bo‘ladigan sana. Ne ajabki, Ultima Thule asteroidi ham Yangi yil ramzlaridan biri – Qorbola shaklida bo‘lib chiqdi. Hozirda Ultima Thule rasman zond yetib borgan obyektlar ichida Yerdan eng olisda joylashgani bo‘lib, u bizdan 6,5 milliard kilometr masofa narida harakatlanmoqda. Shu sababli ham unga shu norasmiy “dunyoning narigi chekkasi” degan nom berilgan.

    Foto: NASA

    Foto: NASA

    Astronomiyaga oid yana bir juda muhim ilmiy yutuq sifatida aprel oyida butun jahon OAVida katta shov-shuv ko‘targan voqea – tarixda ilk bor o‘ta massiv qora tuynuk tasviri olingani hodisasini esga olish zarur. 10-aprel kuni o‘tkazilgan yirik matbuot konferensiyasida Event Horizon Telescope xalqaro kollaboratsiyasi M87 o‘ta katta massali qora tuynuk sharpasi tasviri olinganini e’lon qildi. Olamshumul kashfiyotda O‘zbekiston olimlarining hissasi bo‘lgani esa hammamizni quvontirdi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti xodimlari, professor Bobomurat Ahmedov va Ahmadjon Abdujabborovlar Event Horizon Telescope xalqaro kollaboratsiyasi qora tuynuk tasvirini olish loyihasining nazariy-matematik hisob-kitoblar qismida ishtirok etdi.

    Foto: NASA

    Foto: NASA

    Paleontologiya va geologiya ilmlari sohasi ham ushbu yilda juda qiziq bir ilmiy xulosani bizga taqdim etdi. Ular bundan 66 million yil muqaddam yuz bergan va sayyoramizda dinozavrlar qirilib bitishiga sabab bo‘lgan global kataklizm – Yerga asteroid qulashi hodisasini rekonstruksiya qildi. Buning uchun Texas universiteti olimlari o‘sha asteroid kelib urilgan joy – Meksika ko‘rfazidagi Chiksulub krateriga sho‘ng‘ib, 500 metrdan 1 300 metrgacha bo‘lgan tubliklardagi jinslardan namunalar olib chiqqan. Ularni o‘rganish asnosida olimlar o‘sha asteroid kelib urilishidan keyin sodir bo‘lgan jarayonlar manzarasini qayta tiklagan. Aniqlanishicha, zarba to‘lqini tufayli dunyo okeanida hosil bo‘lgan ulkan sunami yo‘lida uchragan barcha narsani o‘pirib ketgan. Zarba kuchining o‘zi esa 10 milliard dona atom bombasi portlash kuchiga teng bo‘lgan. O‘shanda global fojianing o‘zi va undan keyin atmosferaga tarqalgan oltingugurt bug‘lari tufayli Yer yuzi keskin sovib ketishi natijasida tirik mavjudotlarning 75 foizga yaqin qismi butunlay qirilib ketgan ekan.

    Irsiyatshunoslar bu yili DNK tahlillari asosida Denisov odamining yuz qiyofasini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lganliklari bilan olqishga sazovor bo‘ldi. DNK tahlili borasidagi ushbu innovatsiya Quddusdagi Yahudiy universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, buning ilmiy jihatdan ahamiyati shundaki, tadqiqotda Denisov odamining saqlanib qolgan yagona tana a’zosi – bir donagina tishidan olingan DNK materiali tahlili asosida natija olingan. Boshqa qadimgi odam qoldiqlaridan farqli o‘laroq, Denisov odamining birorta ham skleti bizgacha yetib kelmagan edi. Ma’lumot uchun, Denisov odami Oltoydagi Denisov g‘oridan topilgan bir dona tish asosida aniqlangan odam ajdodi bo‘lib, bu odamlar bundan taxminan 40 ming yil muqaddam Osiyo hududlaridan yashagan. Ular ham neandertallar qatori zamonaviy odam ajdodlaridan biri hisoblanadi va hozirgi odamlar genofondida muayyan iz qoldirgani bilan e’tiborlidir. Qudduslik olimlar o‘tkazgan DNK tahlili asosida Denisov g‘oridan topilgan o‘sha odam qoldiqlari voyaga yetmagan yosh qizga tegishli ekani aniqlangan va hatto uning taxminiy qiyofasining 3D-tasviri ham olingan.

    Foto: Yahudiy universiteti

    Foto: Yahudiy universiteti

    Kvant texnologiyalari sohasidagi yilning eng muhim texnologik natijasi esa Google korporatsiyasi tomonidan qayd etildi. Korporatsiya mutaxassisi, fizik Jon Martins boshchiligidagi ilmiy guruh laboratoriyada kvant ustunligiga erishgani haqidagi maqola Nature jurnalida e’lon qilingach, voqea butun dunyo bo‘ylab nafaqat IT, balki kvant fizikasi sohasida izlanishlar olib borayotgan har qanday olimlar uchun ham katta orzular ro‘yobi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Qayd etilishicha, Google mutaxassislari erishgan kvant ustunligiga ega Sycamore nomli uskuna 200 soniyada bajargan vazifani bajarish uchun zamonaviy eng kuchli superkompyuterlar, masalan, IBM’ning Summit superkompyuteri 10 ming yil sarflagan bo‘lar edi. IBM va boshqa ayrim kompaniyalarda Google’ning ushbu ilmiy-texnologik yutug‘i shubha ostiga olingan bo‘lsa-da, Nature kabi nufuzli ilmiy jurnallarda maqola kuchli taqrizlardan keyingina nashrga berishini inobatga olsak, bu natijani yilning eng muhim texnologik yutuqlari qatoridan e’tirof etmaslikka asos qolmaydi. Umid qilamizki, bu amaliy natija kelajak kompyuterlari bo‘lmish – kvant kompyuterlarini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

    Yana bir eng muhim ilmiy natija esa 2019-yilda Ebola virusiga qarshi dori topilgani bo‘ldi.  Ebola virusi Markaziy Afrikadagi qator davlatlar aholisini dahshatga solib kelayotgan, o‘lim xavfi eng yuqori bo‘lgan viruslardandir.

    Mavzuga doir:

    Yerdagi eng xatarli to‘qqiz virus

    Aniqlanganiga 40 yil bo‘lay deganiga qaramay, shu choqqacha Ebola virusiga qarshi samarali dorining o‘zi yo‘q edi. AQSh allergiya va infeksion kasalliklar Milliy instituti (NIAID) olimlari joriy yilda Ebolaga qarshi bir emas, ikkita samarali davo chorasi topgani tahsinga sazovordir. Bular mAb114 va REGN-EB3 nomini olgan antitanalar bo‘lib, uning samaradorlik ko‘rsatkichi 70 foiz holatda bemorni kasallikdan qutqargani aytilmoqda. Shu tariqa, Afrikadagi millionlab odamlarning hayotini saqlab qolish imkonini beruvchi ushbu muhim kashfiyotni yakunlanib borayotgan yilning eng asosiy ilmiy yutug‘i desak ham aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

    P.S.: Albatta, yana shuningdek Neptunning yangi, hisob bo‘yicha yettinchi tabiiy yo‘ldoshi kashf etilgani, atigi –23 ℃ haroratda ham o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga erishilgani singari yana qator e’tiborga molik natijalar 2019-yilning ilmiy manzarasini shubhasiz bezab berdi. Shunga qaramay, yuqorida qayd etilgan beshta ilmiy-texnologik yutuq tugayotgan yilning eng muhimlari bo‘ldi degan subyektiv mulohazamizni qabul qilgaysiz.

    02.01.2020, 15:53   Izoh (0)   88926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10

    “Qizimni xavf ostiga qo‘yishni istamayman” — Toni Kroos nega Germaniyaga qaytishni istamaydi?

    Sport | 9 may, 17:00

    Olimlar insonning tashqi qiyofasi uning ismiga qarab o‘zgarishini isbotladi

    Dunyo | 9 may, 16:45

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.