Fotograf Tamasha Ritsavi o‘z ishlarida har doim efemer pallani poylashga harakat qiladi. Bu uning ishlari orqali o‘tmishni eslash, har bir shaharda yashiringan sehrli manzaralarni tomosha qilib, eski va yangi holatni o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Ushbu suratlarda Budapesht butun dunyodagi eng yaxshi shahardek ko‘rinadi.
Tamasha Ritsavi yarim kun davomida avtobusda haydovchi sifatida ishlaydi, qolgan vaqtida esa suratkashlik qiladi. Yangi yil faqat ushbu davrga xos bo‘lgan sehrli onlarni tarixga muhrlash vaqti. Dekabr oyida shahar jonlanadi va Budapeshtni miltillagan nurli chiroqlar qoplab oladi.
Ayniqsa Yangi yil munosabati bilan yorqin chiroqlar bilan bezatilgan tramvay hamda trolleybuslar Budapesht chiroyiga chiroy qo‘shadi.
Izoh (0)