Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Qarshi shahridagi ayrim tashkilotlarning tungi navbatchilik tizimi bilan qiziqdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Dastlab u shahar elektr tarmoqlari korxonasiga borgan.
Shundan so‘ng, shifoxona va tug‘ruq majmualarida bo‘lib, bemorlarni va ularning yaqinlarini Yangi yil bilan tabriklagan va Yangi yil sovg‘alarini ulashgan.
Avvalroq, Senat raisi davlat dasturlari doirasida mehnatga jalb etish holatlariga ham o‘z munosabatini bildirib, tungi navbatchilik majburiy mehnatga kirishi haqdida xabar berilgan edi.
Izoh (0)