• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yillik dayjest: Barchaga bir xil soliq, Jasliqning yopilishi, saylov saboqlari, YeOII sari mayda qadamlar

    Mana 2019-yilning oxirgi kuni ham o‘tmoqda. Bu yili xalqimiz hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Jamiyatimizga qanday islohotlar kattaroq ta’sir ko‘rsatdi? Nimalarga erishdik va nimalardan ayrildik? “Daryo” 2019-yilning eng asosiy yangiliklarini sanab o‘tadi.

    Shubhasiz, xalqimiz hayotiga ta’sir ko‘rsatgan islohotlardan biri soliqdagi o‘zgarish bo‘ldi. Soliq islohoti o‘tkazilishi zaruriyatini mutaxassislar ko‘p yillardan beri aytib kelishar, harakat ham boshlangan edi. Avvalgi soliq tizimi mamlakat iqtisodini turg‘un holatga keltirdi, biroq hukumat xatolarni kech bo‘lsa-da anglab, tuzatayotganini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. To‘g‘ri, 2019-yil importni cheklash va proteksionizmning kuchayishi bilan kechdi. Biroq daromad solig‘ining barcha uchun bir xil 12 foiz etib o‘zgartirilganligi, bu yilning eng muhim voqealaridan bo‘ldi, deya baralla aytish mumkin.

    * * *

    Mustaqillikdan so‘ng katta rejalar bilan tashkil etilgan “Kamolot” harakati uzoq yillik boshqaruv natijasida bir qolipga tushgan, o‘zgarishlardan mosuvo rasmiy bir tashkilotga aylangandi, desak xato bo‘lmaydi. Uch yil muqaddam Yoshlar ittifoqi deya o‘zgartirilishi faqat kosmetik o‘zgartirish bo‘ldi, chunki tizimli o‘zgarish bo‘lmas ekan, faqat nom o‘zgarishi samarasizdir.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    O‘quvchilarimizga “taksi voqeasi” va boshqa kulgili holatlar bilan tanish, tanqidlarga nishon bo‘lgan Yoshlar ittifoqi bu yil o‘zgardi. Hukumatdagi eng yosh a’zo Alisher Sa’dullayev yozning so‘nggi kunlarida ittifoqqa bosh bo‘lgach, tashkilotning hurmati sezilarli tiklandi, eng kamida bepisand gaplar yo‘qoldi. Zotan Yoshlar ittifoqiga yoshlarni bosh qilish mantiqan to‘g‘riligi isbotini topdi. Alisher boshchiligidagi ittifoq fan va madaniyatga doir loyihalarni amalga oshirishga kirishdi, xorij safarida bo‘ldi.

    * * *

    Kirish imtihonlarida test tizimi joriy etilganiga yigirma uch yildan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa, abituriyentlarda hamisha bir OTMga hujjat topshirish imkoni bo‘lgan. Bu esa mamlakatda oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga oshishiga, kirish ballarining sun’iy ko‘tarilishi, abituriyentlar o‘rtasida OTM, xususan Davlat test markazi, test sinovlaridagi savollarga ishonchsizlikka sabab bo‘lgan. Asli dunyoning aksar mamlakatlarida talaba bo‘lishni istaganlar uchun bunchalik cheklov yo‘q – birdan ortiq OTMga hujjat topshirib, o‘tganida o‘qiyverishi mumkin. 2019-yil abituriyentlar uchun ham quvonchli bo‘ldi. Ularga uchtagacha OTMga hujjat topshirish imkoni yaratildi. Bu kirish imtihonlarini tashkil etishda juda sezilarli o‘sishdir. Chunki endi abituriyent faqat bir martalik imtihon uchun bir yil vaqtini tikmaydi, stressda qolmaydi. Abituriyent qizlar uchun esa 1-avgust imtihonidan o‘tolmasa, turmushga chiqarib yuborish tahdidi uch baravar pasaydi.

    * * *

    Mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov turli ittifoqlarga qo‘shilishni mustaqillik uchun xavf deb hisoblab kelgani sir emas. Islom Karimovning o‘gitlariga rioya qilgan holda uch yil o‘tkazdik, mustaqillikka tahdid qiluvchi ittifoqlarga, xususan so‘nggi vaqtda zo‘r berib chaqirilayotganimiz Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishga moyillik bildirmadik. Biroq Rossiya Federatsiyasi tomonidan elchilar paydar-pay kelishi davom etmoqda va axborot qutqulari yangi kuchliroq fazaga ko‘chdi. Shu bilan birga partiyalarimiz, hukumatimiz a’zolari tarafidan YeOIIga qo‘shilish unchalik xatarli emas, bil’aks foydaliligiga oid bayonotlar yangray boshladi. Shunday qilib, 2019-yil O‘zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqi sari moyillashuv yili bo‘ldi, deb aytish mumkin.

    Foto: “TurkishNews.com”

    Foto: “TurkishNews.com”

    * * *

    Yakka shaxsning taqdiri yillik o‘zgarishlar safidan o‘rin olishi mumkinmi? Mumkin, qachonki ijtimoiy faollik, fuqaroviy pozitsiyaning keskinligiga aloqador bo‘lsa. Chunki unga yuz minglab nazarlar tikiladi va voqea oqibatini kutib, shunga mos xatti-harakat qiladi. Shu yilning sentabrida Urganchda mas’ullar e’tiborini jalb etish uchun ko‘cha yurishiga chiqqan Nafosat Olloshukurova ruhiy asab kasalliklari dispanseriga joylandi. Nafosatga yaqin manbalar u sog‘lomligini ta’kidlagani holda u shifoxonaga joylanishi jamoatchilikda aks-sado bermasdan qolmadi. Ombudsman Olloshukurova bilan uchrashdi, AOKA direktori shaxsan munosabat bildirdi.

    Dekabrning oxirida tibbiy ekspertiza Olloshukurovaning “salomatligini yaxshi deb topganligi” uchun shifoxonadan chiqarildi.

    * * *

    Uzoq yillardan beri O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga soya solib kelgan, afkor ommasi tomonidan “eng mudhish zindon” deya ta’riflangan Jasliq qamoqxonasining yopilishi ham 2019-yilga to‘g‘ri keldi. Oddiy aholiga Jasliq xususida ko‘p narsa ma’lum bo‘lmasa-da, mahkumlar ko‘p ma’lumotni biladi va oshkor etmaydi. Biroq qamoqxonaning ko‘zdan panaligi uning yopilishi naqadar ulkan amal ekanligiga soya solmaydi. Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlov Jasliq yopilishini “fantastik yangilik” deb, prezidentning qarorini siyosiy jasorat deb atadi. AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen “Yangi O‘zbekistonga Jasliqqa o‘xshash maskanlar kerak emas”, deya munosabat bildirdi. Shuningdek, BMT va Yevropa Ittifoqi bu zindonning yopilishini olqishladi.

    Foto: The Economist

    Foto: The Economist

    Yana bir voqea O‘zbekistondagi o‘zgarishlar dunyo tomonidan tan olinayotganini bildirdi. O‘zbekiston Britaniyaning The Economist jurnali versiyasiga ko‘ra “Yil davlati” deb topildi. Jurnalning yozishicha, majburiy mehnat sezilarli kamaytirilgani, Jasliqning yopilgani, xorijlik jurnalistlar mamlakatga kiritilayotgani bu e’tirofga sababdir.

    * * *

    Va nihoyat yangiliklarimiz so‘ngida O‘zbekistonda yilning asosiy voqeasi bo‘lgan saylovni aytib o‘tmasak bo‘lmaydi. Dekabr parlament saylovlari so‘nggi yigirma yillikda eng qizg‘in va qiziqarlisi bo‘ldi deb aytish mumkin. Televideniye orqali muntazam uzatilgan “Demokratik debat” fikrlar qarama-qarshiligini mamlakat ahliga namoyish etdi, partiya faollarini jurnalistlar va blogerlar savollar va tanqidlarga ko‘mib tashladi. Avvallari tinchlik va loqaydlik uzra o‘tuvchi saylovlar bir qadar jonlangani sezildi. Xususan, internet olamida tanilgan bir guruh blogerlar ham saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ygani fuqaroviy faollikning yuksalishi deb atasak bo‘ladi. Ayrim saylov uchastkalarida jarayon jonli translyatsiya qilindi. Qator xorijiy jurnalistlar saylovni kuzatishga taklif qilindi, xususan YeXHT vakillari aholi fikrini o‘rgandi va tanqidiy fikrlarini yashirmadi.

    Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan muxolifat borasida bayonot berilgani sensatsion holat bo‘ldi. “Muxolif partiyalarsiz jamiyatda plyuralizmni ta’minlab bo‘lmaydi”, deb fikr bildirdi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa muxolifatga qarshi emasligini, biroq u mamlakatning o‘zida shakllanishi kerakligini aytdi.

    Yangi yil O‘zbekistonga yanada barakali kelishini tilab qolamiz!

    31.12.2019, 20:24   Izoh (0)   41269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashkent City’da 31-dekabr kuni dronlar shousi o‘tkaziladi

    31.12.2019, 19:54

    AQSh Davlat departamenti Nafosat Olloshukurovaning ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilganini olqishladi

    31.12.2019, 19:15

    “Dehqonobodda bunday bozor borligi qashqadaryoliklar uchun uyat”. Zoir Mirzayev Dehqonoboddagi bozor muammosini o‘rgandi

    31.12.2019, 17:13

    Jizzaxdagi ko‘p qavatli turar joy qurilishida armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgan

    31.12.2019, 16:54

    FVVga o‘tkazilgan o‘t o‘chiruvchilar IIVga ishga qaytishi mumkinmi? (video)

    31.12.2019, 16:33

    Andijonda bloger tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi

    31.12.2019, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.