Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

EVOS’ning eng yaxshi xodimlari taqdirlanishi.

26-dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent’da EVOS’ning eng yaxshi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotning asosiy maqsadi — yakunlanayotgan yil sarhisobi, EVOS’ning eng yaxshi xodimlarini taqdirlash va samarador motivatsiya tizimining barcha darajalarini qo‘llab quvvatlashdir.

Tadbir boshlanishida barcha mehmonlarni quvnoq animatorlar va maxsus tayyorlangan foto-hudud kutib oldi. Shuningdek, ushbu tadbirga “Karavan” guruhi, Jahongir Otajonov, Million jamoasi va ajoyib boshlovchilar Dildar Islamova, Davron Kabulov ko‘rk qo‘shdi.

EVOS xodimlari vijdonli va mehnatkash, o‘z ishlarini sifatli bajaruvchi, eng asosiysi esa o‘z kasblarini sevuvchilardir. Mana, nima sababdan ularning har biri g‘oliblikka da’vo qila oladilar.

Ushbu yil 40 nafar EVOS xodimlari mukofotga sazovor bo‘ldilar, ular orasida oshpazlar, su-sheflar, ish boshqaruvchilar, kassa xodimlari, mashinalar to‘xtash joyi xodimlari, ofitsiantlar va boshqa ko‘plab xodimlar mavjud.

EVOS xodimlarini sazovor bo‘lgan mukofotlari bilan qutlaymiz! Hamda ularga o‘z kasblarining haqiqiy ustasi va mohirlari bo‘lib qolishlarini, o‘zlariga ishonishlarini, har kuni o‘z ustlarida ishlab kamolotga yetishishlarini tilab qolamiz.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda