Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent—O‘sh” yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 28-dekabr kuni soat 17:10 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.
Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh (0)