• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda avtomobil sotib olish uchun pul to‘lagan fuqarolar bir haftadan buyon avtosalonda tunamoqda

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Diyora orzu trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O‘tkir Sharipovdan jabr ko‘rib, 20 oydan 60 oygacha bo‘lgan muddatga kredit asosida avtomobil sotib olishni orzu qilgan, ammo aytilgan muddat o‘tsa-da, avtomobil ololmayotgan fuqarolardan murojaat kelib tushdi.

    Mazkur holatni “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev o‘rgandi.

    “Diyora orzu trans” MChJ tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, avtomobil narxining 50 foizi va undan ko‘p qismini to‘laganlar uchun oylik 1.2 foizlik ustama bilan 20 oy muddatga avtomobil berish ko‘zda tutilgan. Bunda shartnoma asosida avtomobilni yetkazib berish muddati 80 ish kuni qilib belgilangan. Xuddi shunday, avtomobil qiymatining 25 foizi va undan ko‘p qismini to‘lagan fuqarolarga 40 oy muddatga 1.1 foizlik kredit asosida 45 ish kunida avtomobil yetkazib berish yozilgan. Shuningdek, boshlang‘ich to‘lovsiz, shartnomani ro‘yxatga olish uchun bir million so‘m to‘lov asosida avtomobil jami qiymatiga har oy 1.1 foizlik ustama to‘lovi asosida 60 oyga avtomobil berish ko‘zda tutilgan. Bunda avtomobil yetkazib berish muddati 240 ish kunini tashkil qilishi belgilangan.

    “Daryo”ga murojaat qilgan fuqarolarning ta’kidlashicha, “Diyora orzu trans” MChJga Samarqanddan tashqari, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatida yashovchi fuqarolar ham 15 million so‘mdan 50 million so‘mgacha to‘lov qilgan.

    – Men 60 oylik kredit asosida boshlang‘ich to‘lov sifatida 5 million so‘m to‘laganman. Shu oyda mashinam chiqishi kerak edi. Ammo bugungi kunga kelib avtosalonda na uning egasi bor, na ishchi xodimlari, — deydi buxorolik fuqaro.

    – Cobalt olishga kelishgandim. Ammo menga Cobalt bera olmayman, — dedi. “Mashina kerak emas”, — dedim. U bo‘lsa “menga yana 5 million bering, 2 kunda mashinangizni chiqaramiz” — deb aytdi. Men unga ishonib yana 5 million so‘m beribman. Keyinchalik bilsam, men bergan pullarni boshqalarga olgan qarzi uchun 500 ming so‘mdan tarqatgan ekan. Mening 12 million so‘m pulim ketdi. Qolganlarning 35-40 million so‘m pulini olgan. Ular 40 oylikka to‘lagan.

    Avtomobil olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning ta’kidlashicha, ular huquqni muhofaza qilish organlariga ham murojaat qilgan. Murojaati haqida MChJ rahbariga ham aytgan. 25-dekabr kuni soat 16:00 da “Diyora orzu trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O‘tkir Sharipov fuqarolar bilan uchrashib, ularning masalasini hal qilishga kelishib olgan.

    Mazkur murojaat yuzasidan fuqarolar bilan uchrashgan Samarqand shahar IIO FMB Tergov bo‘limi boshlig‘i Nabi Egamberdiyev haqiqatda fuqarolarning arizalari qabul qilinganligi, hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

    “Diyora orzu trans” MChJdan avtomobil olmoqchi bo‘lgan Rahima Jo‘rayevaning ta’kidlashicha, avtomobil olish uchun O‘tkir Sharipovga 4200 dollar pul bergan. Ammo bugungi kunda barcha fuqarolar kabi u ham pulini qaytarib olish ilinjida yuribdi.

    – Rossiyada ishlayotgan ukamning yuborgan puliga avtomobil olamiz deb to‘lagandik. Ammo bugungi kunda aldanib qoldik, — deydi Rahima Jo‘rayeva. – O‘tkir Sharipovning qo‘l telefoniga tusha olmaymiz. Faqat turmush o‘rtog‘i orqali gaplashyapmiz. “4 yanvar kuni hamma bilan gaplashib olamiz” — degan. SMS yozsangiz o‘zi qaytib chiqadi.

    “Diyora orzu trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O‘tkir Sharipovga qo‘ng‘iroq qildik. Ammo telefoniga tusha olmadik. Shu sababli O‘tkir Sharipovning qo‘l telefoniga murojaat tushganligi, mazkur murojaat yuzasidan gaplashib olishimiz lozimligini bildirib SMS yubordik.

    SMS xabarnomadan so‘ng, O‘tkir Sharipov avtomobil olish uchun kredit to‘lovini amalga oshirgan fuqaroga qo‘ng‘iroq qilib, qaysi jurnalist kelganligini so‘radi. Shu orada fuqaro O‘tkir Sharipovni “Daryo” muxbiri bilan ulab berdi.

    – Men odamlarning pulini olib qochib ketganim yo‘q. Samarqanddagi 30 nafarga yaqin odamlarga mashina chiqarib berganman. Hozir gapimni yaxshilab eshiting. Bu narsani chiqarishdan oldin yaxshilab o‘ylang. Bu odamlardan ikkitasining shartnoma muddati yetib kelmagan bo‘lsa, qolgan hech qaysisining shartnoma muddati yetib kelmagan, — deydi O‘tkir Sharipov.

    – Biz “Xalq bank”idan 10 tadan oshiq mashinamizni qo‘yib kredit olamiz deb turgan vaqtda bir-ikkitasi “agetatsiya” qilib bizning bankimizni ham to‘xtatib qo‘ydi. Tadbirkorning mol-mulki bo‘lsa, tadbirkor mana shunaqa vaziyatga tushsa unga bank yordam berishi kerak. Notariusda bitta mashinamiz kech qolganligi sababli o‘zimizning aybimiz bilan kredit masalasi 5-yanvarga qoldirildi. Hozir bizni mashinlarimiz ham yetarli, fuqarolar bilan oldi-berdi qilamiz, biz ulardan qochib yurmaymiz. Hamma imkoniyatimiz yetarli.

    Suhbat jarayonida O‘tkir Sharipovdan avtosalondagi ishchi xodimlar yo‘qligi haqida so‘raganimizda, ularni bir-ikkita “shantajchi ayollar” kelib qo‘rqitganligi uchun qochirib yuborganini ta’kidlab, tadbirkor sifatida janjal qilganlarning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilishini bildirdi.

    – Janjal chiqarganlarning hammasining ustidan ariza beraman. Hozir bir-ikkita joydan pullarimni olay. Lekin qonuniy olib qarasangiz, shartnoma asosida beriladigan bo‘lsa men tuzilgan shartnomaning birortasini buzganim yo‘q va birortasining muddati yetib kelmagan, - deydi O‘tkir Sharipov. – Siz bu narsaning tagiga yetmasdan maqola chiqarishga haqqingiz yo‘q. Hozir yo‘ldan qaytdim, Andijonga ketayotgan edim. Borib har bittasi bilan birma-bir gaplashib shartnoma asosida ularning ishini to‘g‘irlab joyiga qo‘yamiz. Hozir Qamchiq dovonidaman, soat 15:00 atrofida Samarqandga borib siz bilan ko‘rishaman.

    Mazkur suhbatdan so‘ng O‘tkir Sharipov yana qayta qo‘ng‘iroq qilib, “Daryo” muxbirini kim chaqirganligini so‘ragan.

    – Kim olib bordi bu muxbirni, kim chaqirdi. Hozir uni chiqarishga haqqi yo‘q. Shartnoma asosida men bilan suhbatlashib keyin chiqarishi kerak. Ular ariza tashlagan bo‘lsa tergov bo‘ladi. Hozir o‘sha narsani qilmasa, bankdan kredit olib hammaga pulni to‘lardim. Soat 15:00 ga Samarqandga yetib boraman, - degan O‘tkir Sharipov.

    21 dekabr kunidan buyon avtosalonda tunab qolayotgan fuqarolar avtosalonda turgan 5 ta Traker avtomobilini qo‘riqlamoqda. Begona oldamlar kelib mashinani olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo fuqarolar notanish kishiga avtomobilni bermagan. Ularning mazkur holat bo‘yicha prokuraturaga qilgan murojaati hamon o‘rganilmagan.

    – Bizlarni bu yerda ushlab turgan narsa mana shu — 5 ta Tracker avtomobili. Agar uni ham birortasi olib ketsa biz pulimizga kuyamiz, - deydi Dilshod Usmonov. –  Avtosalon ham ijaraga berilgan ekan. Ijarachini avtosalonning egasi ham topolmay yuribdi. Kechki payt 10-15 kishi bo‘lib shu yerga yotyapmiz. Bizga O‘tkir Sharipov kerak. U pullarimizni qaytarib bersa bo‘ldi. Boshqa da’vomiz yo‘q.

    25-dekabr kuni fuqarolar bilan suhbat qurib ketganimizdan so‘ng, oradan ikki soatga yaqin vaqt o‘tib O‘tkir Sharipov bizga qo‘ng‘iroq qilib, Moskvadan yuristi kelayotganligi, u bilan birgalikda biz bilan gaplashib olmoqchiligini bildirdi.

    – Farhod aka, hozir yuristim uchib kelyapti. Samolyotda uni kutib olay, soat 15:00 da u bilan birga boraman. Aka odamlarni arizasiga qarab biror nima chiqarmang. Hali hammasini shartnoma muddati bor. Biror nima chiqarib yubormang. Bir-birimizga aka-uka bo‘lib yuraylik. Yaxshi narsa emas buni chiqarib yuborish. Buni chiqarib yuborsangiz hammaga minus bo‘ladi. Yuristim hozir Moskvadan uchib kelyapti. Hozir soat 13:00 da qo‘nadi. Men uni olib boraman va kim qonuniy kim noqonuniy ish qilgan hammasining tagiga yetamiz, — deydi O‘tkir Sharipov.

    Ammo ushbu suhbatdan so‘ng oradan ikki kun o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan O‘tkir Sharipov na biz bilan va na fuqarolar bilan uchrashgani yo‘q.

    29.12.2019, 12:15   Izoh (0)   91453
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadagi klinikada vafot etdi

    29.12.2019, 11:45

    Toshkent viloyatida o‘tgan yig‘ilishda 9 nafar ichki ishlar xodimi ishdan olindi

    29.12.2019, 10:47

    Qashqadaryoda 102 yoshli onaxon va 105 yoshli otaxonga fuqarolik pasporti topshirildi

    29.12.2019, 09:59

    O‘zbekistondagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun belgilangan shartnoma miqdorini maqbullashtirish choralari ko‘riladi

    29.12.2019, 09:38

    Aliment pulini kech to‘lagan qashqadaryolik ota 2020-yilni qamoqda kutib oladigan bo‘ldi

    28.12.2019, 23:55

    O‘zbekistonda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

    28.12.2019, 22:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.