Chechenistonning Grozniy shahrida mamlakat bosh archasi ochildi. Bu haqda Ramzan Qodirovning Facebook’dagi sahifasiga asoslanib “Vesti Kavkaza” xabar berdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil archasini bezatish uchun 8 mingta o‘yinchoq va 6 kilometr chiroqlar shodasi ishlatilgan.
“Checheniston aholisi va mehmonlari uchun Grozniy shahri meriyasi haqiqiy sovg‘a tayyorladi. Markaziy ko‘chalar bayramona tarzda bezatildi. Markaziy maydonga esa ‘gorka’ o‘rnatilgan. Chechenistonda bunday konstruksiya hali bo‘lmagan edi, shuning uchun u ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda”, — deb yozadi Qodirov.
Izoh (0)