Joriy yil 28-dekabr kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga mamlakat fuqarosi S.N.ning bevaqt vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
U yurak xuruji tufayli Serdang kasalxonasiga yotqizilgan edi.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va jasadni vataniga yuborish uchun barcha zaruriy konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.
“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi. Malayziya va Bruney hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasiga +603-4253-4406 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)