• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Yerdagi eng xatarli to‘qqiz virus

    Viruslar odamzotning eng ashaddiy dushmanlaridan biridir. Biz butun sivilizatsiya mobaynida infeksiyalarning turli xillari bilan kurashib kelmoqdamiz. Biz uchun hozir arzimas ko‘ringan ayrim viruslar bir zamonlar butun boshli shahar va qishloq aholisi boshiga vabo bo‘lgan.

    Turli antivirus preparatlar, antibiotiklar va, eng asosiysi, vaksinatsiya tufayli odamzot virusli infeksiyalarning ko‘p turlari ustidan g‘alaba qozondi. Chechak, bezgak singari kasalliklar endi deyarli xavfi solmayapti. Biroq, yutuqlar viruslarga qarshi oxiri yo‘q kurashdagi qisman g‘alabamiz xolos. Hali juda katta xatar bilan odamzotga xavf solib turgan virus turlari anchagina. Ulardan eng xavfli to‘qqiztasi haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov hikoya qiladi.

    Marburg virusi

    Bu virus 1967-yilda aniqlangan. O‘shanda Germaniyadagi kichik laboratoriya xodimlarini qandaydir notanish epidemiya qamrab olgan edi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, virus laboratoriyaga Ugandadan keltirilgan maymunlar orqali kirib kelgan ekan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Marburg virusi ko‘p jihatdan Ebolaga o‘xshaydi. Unda odam tanasida juda kuchli zo‘riqish va isitma yuzaga keladi. Tana a’zolarining deyarli barchasidan qon keta boshlaydi. Ichki organlar birin-ketin ishdan chiqadi va organizm kuchli shok holatidan o‘limga yuz tutadi.

    Marburg laboratoriyasida virus epidemiyasi ilk marta qayd etilganda unga chalinganlarning 25 foizi vafot etgandi. Lekin aynan shu virusning 1998–2000-yillarda Kongoda avj olgan epidemiyasida bemorlarning o‘lim darajasi 80 foizga yetgan. Shunga yaqin dahshatli ko‘rsatkich 2005-yilda Angolada ham qayd etilgan.

    Ebola virusi

    Ebola virusi hozirgi zamon kishisi uchun nisbatan taniqli viruslardan biridir. Uch-to‘rt  yil avval Markaziy Afrika davlatlarida bu virusning juda kuchli epidemiyasi kuzatilgan va OAV orqali jarayon keng yoritilgan edi. O‘shanda Liberiya, Gvineya, Nigeriya, Syerra-Leone, Senegal, Kongo va Malida jami 27 748 odam Ebola infeksiyasiga chalingandi. Ularning 41 foizi vafot etgandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ebola virusi epidemiyasi ilk marotaba Zairdan oqib o‘tuvchi Ebola daryosi havzasida 1976-yilda qayd etilgan edi. O‘shanda Sudan va Kongo aholisi bu virusdan katta jabr ko‘rdi.

    Ebolaning bir necha turdagi shtammlari ma’lum va ularning har birida epidemiyaning o‘lim ko‘rsatkichi turlicha bo‘ladi. Bu virus zararlangan organizmdan chiqadigan suyuqliklar – qon, so‘lak, ter va boshqa moddalar orqali yuqadi. Ebola virusining Reston nomli shtammi kasallik qo‘zg‘atsa ham, o‘limga olib bormaydi. Lekin Bundibugyo shtammi qo‘zg‘atgan infeksiya epidemiyasida o‘lim 50 foizga yetadi; “EbolaSudan” shtammi infeksion epidemiyasi esa 71 foizgacha bemorni hayotdan olib ketadi.

    Quturish

    Quturish ham deyarli davosiz infeksiya tufayli yuzaga keladi. 1920-yillarda yaratilgan vaksinalar quturish kasali hayvonlar orasida tarqalishini birmuncha kamaytirishga omil bo‘ldi. Biroq hozir ham Hindiston va Afrikada quturish birinchi navbatda hayvonlarga va ular orqali odamlarga katta xavf tug‘dirmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Quturish virusidan miya faoliyati izdan chiqadi va asab tizimi keskin salbiy o‘zgarishlarga uchraydi. Quturishga qarshi vaksina va antitanalar yaratilgan bo‘lsa-da, ular kasallikka qarshi kurashning eng erta bosqichlarida naf bermoqda xolos. Biroq quturishni erta aniqlash juda qiyin va kasallik namoyon bo‘lib bo‘lgandan keyin uni davolash imkonsiz bo‘lib qoladi. Quturishda o‘lim xavfi 100 foizdir.

    OITS

    Zamonaviy dunyoda eng xatarli virus albatta OITS virusidir. Undan juda ko‘p odam zararlanadi; zararlangan odamlarning deyarli hammasi vafot etadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1980-yillarda OITS virusi haqidagi dastlabki ilmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 1981-yilda ilk marta OITS tashxisi qo‘yilganidan beri kasallik tarixiga bu tashxis bitilgan 36 milliondan ortiq bemor vafot etdi.

    Kuchli antivirus preparatlar OITSga chalingan bemorlarga kasallik oqibatlarini biroz yumshatishga yordam berayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda tibbiyotda OITSning davosi hamon topilgani yo‘q. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubidagi qashshoq mamlakatlarida OITSga chalingan odamlar soni aholining 20 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.

    Chechak

    1980-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan chechak virusi ustidan butunlay g‘alaba qozonilgani e’lon qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chechak haqiqatan ham eng kuchli viruslardan biri hisoblanadi. Unga chalingan bemorlarning taxminan 33 foizi kasallikdan vafot etgan. O‘lmay qolgan bemorlar esa bir umrga ko‘r bo‘lib qolgan va tanasida xunuk chandiqlar iz qoldirgan. Ayniqsa buyuk geografik kashfiyotlar paytida yangi ochilgan orol va qit’alardagi mahalliy aholi yevropaliklar orqali kirib kelgan chechak va shunga o‘xshash infeksiyali kasalliklardan juda qattiq jabr ko‘rgan. Chunki mahalliy aholi avvallari bunday kasalliklarni bilmagan, unga hech qachon chalinmagan va shu tufayli ularning tanasida bunday kasalliklarga qarshi immunitet bo‘lmagan.

    XX asrning boshlarida ham chechak infeksiyasi tufayli butun dunyo bo‘yicha 300 milliondan ortiq odam qurbon bo‘lgani manbalarda qayd etiladi.

    Xantavirus

    1993-yilda AQShda yosh kelin-kuyov nafas qisishidan shikoyat qilib vrachga murojaat qilgan. Oradan atigi bir necha kun o‘tib ular birin-ketin vafot etgan. Xantavirusni shu voqeadan bir necha oy o‘tib ularning uyida yashagan oq sichqon tanasidan aniqlashgan. O‘shandan beri dunyo bo‘yicha bu virusdan kasallangan 600 ga yaqin bemor ro‘yxatga olindi. Afsuski, ularning 36 foizi vafot etdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xantavirus odamdan odamga yuqmaydi. Uni sichqonlar tashiydi. Sichqon tekkan oziq-ovqat mahsulotlari va ayniqsa sichqon axlati xantavirus tashuvchisi hisoblanadi.

    Qizig‘i, navaho qabilasi hindulari bu kasallikni avvaldan bilgan va uni aynan sichqon yuqtirishidan ham xabardor bo‘lgan ekan. G‘arb tibbiyoti bu virusni aynan navaho hindulari xalq tabobati yordamida identifikatsiya qilgan.

    1953-yildagi koreys urushi vaqtida 3 mingga yaqin askarda kuzatilgan va ulardan 12 foizining o‘limiga olib kelgan kasallik ham aynan xantavirus tufayli kelib chiqqanini keyinchalik aniqlashgan.

    Gripp

    Gripp virusi har yili mavsumiy epidemiya beradi; unga chalinmagan, gripp nimaligini bilmaydigan odamni topish qiyin. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, har yili dunyo bo‘yicha 500 000 bemor gripp tufayli vafot etadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Gripp virusining shtammlari juda ko‘p turda bo‘lib, har yili yangi-yangilari paydo bo‘lmoqda va boshqa shtammlarga qarshi foyda bergan vaksinalarga chidamli bo‘lib chiqmoqda. Gripp infeksiyasining eng ayanchli epidemiyasi 1918-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda sayyoramizning 40 foiz aholisi gripp virusining “ispan shtammi” nomli turidan jabr ko‘rgan va umumiy hisobda 50 millionga yaqin bemor vafot etgan.

    Denge bezgagi

    Bu bezgak virusi dastlab 1950-yillarda Filippin va Tailandda tarqalgan. Uning tashuvchisi tropik chivinlar bo‘lib, global iqlim isishi bunday chivinlarga qulay bo‘lgan yangi hududlar paydo bo‘lishiga va virus yangi epidemiya bilan tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi kunda sayyoramizning 40 foiz aholisi shunday chivinlar bilan yonma-yon yashaydi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotlarida denge bezgagi hozirda ham har yili 100 millionga yaqin odamni zararlayotgani keltiriladi. Ularning taxminan 2,5 qismi kasallik tufayli vafot etadi. Yana 20 foizga yaqin bemor esa ushbu bezgak chaqirgan ikkilamchi asoratlardan vafot etar ekan. Hozirgacha denge bezgagi virusiga qarshi vaksina ishlab chiqilmagan. Lekin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti axborotnomasida yaqinda Fransiyaning Sanofi kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinaning klinik sinov-tajriba ishlari yaxshi natija berayotgani qayd etilmoqda.

    Rotavirus

    Bu virus asosan go‘dak yoshdagi bolalarga hujum qiladi. Rotavirusning to‘qqiz xil turi mavjud va ular ichidan “A” rotavirus eng keng tarqalgan. Unga chalingan bemorda kuchli ich ketishi kuzatiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rivojlangan mamlakatlarda bolalar bu virusdan deyarli vafot etmaydi. Lekin kambag‘al davlatlarda rotavirus tufayli vafot etayotgan go‘daklar soni hamon yuqori darajada va o‘lim holatlari 2,4 foizgacha miqdorni tashkil qiladi. Mazkur virusga qarshi ikki xil vaksina mavjud va u infeksiyalardan juda yaxshi himoya qiladi. Infeksion zararlanish asosan hojatxona antisanitariyasi tufayli yuzaga keladi. Shu sababli ham bolalar rotavirusli infeksiyaga chalinmasligi uchun gigiyena qoidalariga amal qilish o‘ta muhimdir.

    27.12.2019, 14:22   Izoh (0)   115868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.