Qozog‘istonda 28-dekabr milliy motam kuni deb e’lon qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
“Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota yaqinida yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida odamlar halok bo‘lgani sababli 2019-yilning 28-dekabrini milliy motam kuni deb e’lon qildi”, — deb xabar bergan prezidenti matbuot kotibi Berik Uali.
Eslatib o‘tamiz, Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchragan.
So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan — jabrlanuvchilardan 22 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Prezident Bek Air samolyotining falokatiga aybdor barchani jazolashga va’da bergan.
Izoh (0)