O‘zbekistonda 2020-yil 1-apreldan boshlab faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan birinchi nav un va osh tuzi importiga ruxsat beriladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar beradi Spot.
Hozirda mikronutriyentlar bilan boyitilgan un ishlab chiqariladigan va import qilinadigan barcha navlardagi unning 30 foizini tashkil etmoqda.
Bunday unni aholining 56 foizi iste’mol qilmoqda. Kamqonlik profilktikasini ta’minlash uchun aholining 90 foizini qamrab olish talab etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2011-yil 1-yanvardan birinchi nav un va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqarilmoqda.
Izoh (0)