Uzbekistan Airways’ning “Moskva—Toshkent” yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyotida o‘zbekistonlik erkak vafot etdi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26-dekabrga o‘tar kechasi soat taxminan 1:00 larda Vnukovo aeportidan Toshkentga uchib ketgan 602-reys parvozi bekor qilinib, samolyot ortga qaytishi haqida xabar kelib tushgan.
Bunga samolyot yo‘lovchilaridan biri bo‘lgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosining tobi qochgani sabab bo‘lgan. Samolyot soat 1:10 da aeroportga qo‘ngan, lekin shifokorlar erkakning hayotini saqlab qola olmagan.
AviaSpotter Telegram-kanalida ma’lum qilinishicha, Toshkentga soat 4:50 da qo‘nishi kerak bo‘lgan ushbu reys soat 10:10 da Moskvadan yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshida Buxorodan Moskvaga uchayotgan reys yo‘lovchisining tobi qochganligi sababli samolyot Samaraga favqulodda qo‘ngan edi.
Izoh (0)