25-dekabr kuni Samarqand shahri markazida harbiylar tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan ko‘rgazmali chiqishlar boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlab askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. Yigitlik ontining mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga sahna ko‘rinishi orqali ifoda etildi. Harbiy burchiga sadoqatli o‘g‘lon, yurtini va sevgan yorini mardonavor himoya qildi.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri sahnasida bo‘lib o‘tgan tadbirda qo‘l jangi chiqishlari va “Bir kuni harbiy xizmatda...” nomli harbiy qatralar minglab tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi bilan hamkorlikda harbiy orkestr kechki konsert dasturi taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda harbiylar tomonidan Yangi yil sayliga tashrif buyurgan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.
Izoh (0)