“Megafon” kompaniyasi Anton Cherepennikovning “IKS Xolding”ini sotib olishi mumkin. Operatorning asosiy egasi hisloblanuvchi Alisher Usmonovning aytishicha, ikki kompaniyaning aktivlarini qo‘shib yuborish rejalashtirilmagan, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Qo‘shib yuborish bo‘lmaydi. Balki ‘Megafon’ ‘IKS Xolding’ni sotib olishi mumkin”, — deya agentlik Usmonovning so‘zlarini keltiradi.
Alisher Usmonov, “Megafon” va “IKS Xolding”ning vakillari ushbu masalaga izoh berishdan bosh tortgan.
“Megafon”ning 70,32 foizi Alisher Usmonovning USM Group kompaniyasiga tegishli, qolgan 29,68 foizi esa operatorning yuz foizli sho‘basi “Megafon Finans”ga qaraydi.
“Intellektual kompyuter tizimlari” xoldingi 2018-yilning dekabrida ro‘yxatdan o‘tgan va uning 99 foizi Cherepennikka tegishli. Hozirda uning boshqaruvida 23 ta aktiv mavjud, jumladan, axborot xavfsizlgi sohasi bilan shug‘ullanuvchi “Forpost”, “Sitadel” va “Kriptonit” kompaniyalari.
Anton Cherepennikning asosiy bizneslari doim Alisher Usmonovga bog‘liq bo‘lgan — u milliarderdan nimadir sotib olgan yoki sotgan. Bu turdagi birinchi bitim USM Group’ning 100 million dollar miqdorida Cherepennikning “Virtus.Pro” jamoasiga kiritgan investitsiyasi hisoblanadi.
Izoh (0)